“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:45
ЎЗO‘Z

Ukraina Eronga urib tushirilgan Boeing-737 uchun sudga berish bilan tahdid qildi

17 fev, 09:23 2 249 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukraina Eronga urib tushirilgan Boeing-737 uchun sudga berish bilan tahdid qildi Tehron yaqinida Boeing-737 samolyoti qulashi oqibatida fuqarolari halok bo‘lgan mamlakatlar Eronni sudga berishlari mumkin. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Vadim Pristayko Myuxendagi xavfsizlik konferensiyasi doirasida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron undan jabr ko‘rgan davlatlar kutayotgan harakatlar bajarish yuzasidan chora ko‘rmasa, ular “xalqaro huquqiy tashkilotlarni” aralashtirishga to‘liq haqlilardir.
Pristayko Ukraina uzoq kutmasligini ta’kidladi. Gap bir necha hafta yoki oylar haqida bormoqda.

Kanada TIV rahbari Fransua Shampanning ta’kidlashicha, basharti Eron urib tushirilgan yo‘lovchi samolyoti uchun javobgarlikni tan olgan ekan, buning ortidan oqibatlar kelib chiqishi nazarda tutiladi.

Xususan, Shampan va aviahalokatda fuqarolari halok bo‘lgan yana to‘rt mamlakat tashqi ishlar vazirlari Ironni halok bo‘lganlar oilalariga tovon pulini zudlik bilan to‘lashga chaqirgan. Shu bilan birga tovon puli barcha uchun bir xil bo‘lishi shart.

"Ukraina xalqaro avialiniyalari” aviakompaniyasining Boing-737 yo‘lovchi samolyoti 8 yanvar kuni Tehron yaqinida quladi. Layner Tehron xalqaro aeroportidan bir soat kechikish bilan parvoz qilib, bir necha daqiqada havoda bo‘ldi. Avariya natijasida 176 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina samolyotining qayerda ekanligi haqidagi so‘nggi ma’lumot Parandadagi dispetcherlar tomonidan olingan.
Dastlab, mutaxassislar Eronda samolyot halokatining uchta variantini ko‘rib chiqdilar, ularning asosiy sababi dvigatellarning yonishiga sabab bo‘lgan texnik nosozlik.

Keyinchalik Islom inqilobiy soqchilar korpusi Ukrainaning Boing-737 samolyotining Tehron yaqinida qulashida o‘z aybini tan oldi. Eron AQSHning Iroqdagi bazalarini bombardimon qilganidan so‘ng AQSH tomonidan javob hujumlariga tayyorlanayotgan edi. Havo mudofaasi tizimining operatori samolyotni dushmanning qanotli raketasi sifatida qabul qilgan bo‘lib, harbiy hizmatchi bu bo‘yicha qaror qabul qilishga atigi 10 soniya vaqti bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar