“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:02
ЎЗO‘Z

Eronning yangi bosh murabbiyi: "Biz yanada kuchayib qaytamiz"

16 fev, 22:44 2 462 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eronning yangi bosh murabbiyi: "Biz yanada kuchayib qaytamiz" Eron terma jamoasini yaqinda Dragan Skochich qabul qilib oldi. Ma’lumki, eronliklar JCH-2022 saralash bosqichida kutilgan natijani qayd eta olishmayapti. Jamoa safarda Iroq va Bahraynga imkoniyatni boy bergan holda guruh jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Mark Vilmots o‘rniga taklif etilgan xorvatiyalik murabbiy Eron terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga va’da berdi.
"Avvalo shuni aytishim kerak, Eron terma jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf, - deydi Dragan Skochich. - Bu yurt futboli haqida tasavvurga egaman va futbolchilarini kuchli deb hisoblayman. Men Eronga ijobiy xislatlar ulashish uchun keldim, bu esa ayni paytda terma jamoaga nihoyatda kerak".

"Biz oltinchi bor mundialga borishni xohlaymiz, shuning uchun ham bu yerga keldim. O‘ylashimcha, terma jamoada nimadir xato ketgan, buni to‘g‘rilash esa mening vazifamga kiradi. Bugundan boshlab 24 soat davomida klublar bilan muloqotda bo‘laman. Terma jamoaga loyiq har bir futbolchi bilan alohida gaplashaman", - deydi 51 yoshli mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Dragan Skochich o‘z paytida Eronning "Malavan" va "Fulad" klublarini boshqargan hamda mamlakat futbolini juda yaxshi biladi.
"Terma jamoa eshigi hamma uchun birdek ochiq. Men faqat eng yaxshilarnigina taklif etaman. Avvalo o‘yin sifatini yo‘lga qo‘yib olishimiz lozim. Ba’zi o‘yinlarda ko‘rdimki, muammolar bor va mart oyigacha buni yo‘qotish ustida ishlaymiz. Mana ko‘rasiz, biz yanada kuchayib qaytamiz. Men besh yildan beri Eronda ishlab kelyapman va jahon chempionatiga chiqish muxlislarni qanchalik xursand qilishini juda yaxshi tushunaman".

Eron Bahrayn va Iroqdan mag‘lub bo‘lib qimmatli ochkolarni boy berdi. Ayni paytda forslar Iroqdan 5 ochko, Bahrayndan esa 3 ochko ortda qolishyapti. Ma’lumot uchun, JCH-2022 saralashning hozirgi bosqichida 32 jamoa kurash olib boryapti. Jamoalar to‘rttadan 8 guruhga bo‘lingan. Guruhlardan 8ta birinchi o‘rinni egallagan hamda 4ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari keyingi bosqichga chiqadi.

Eron saralashning navbatdagi uchrashuvini 26 mart kuni Gonkongga qarshi o‘tkazadi. Lekin baribir hal qiluvchi o‘yinlar 4 va 9 iyun kunlari Bahrayn va Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 540
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar