“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:29
ЎЗO‘Z

Oliy ta’limda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi

15 fev, 13:46 2 658 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy ta’limda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. 2020 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Bunda:
- oliy ta’lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;
- ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish;
- mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish;
- kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;
- talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
- fan dasturlari va o‘quv rejalarini takomillashtirish;
- professor-o‘qituvchilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlashtirish;
- o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va budjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini mustaqil sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qilish, xususan, mol-mulkini ijaraga berish va kelgan tushumlarni to‘lig‘icha o‘zida qoldirish tartibini joriy qilish;
- budjet tashkilotlariga nisbatan belgilangan cheklovlar o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmasligini belgilash;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar chegarasini aniq ko‘rsatish;
- vazirlik sohada regulyator sifatida barcha oliy ta’lim muassasalari uchun bir xil siyosat yuritishi, umumiy talablarni qo‘ygan holda ularning ta’lim mazmuni va usuli borasidagi faoliyatiga aralashmasligi nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida oliy ta’limdagi mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirilishini aytgan edi. Hozir OTMlardagi o‘quv rejalari va dasturlarida ixtisoslikka xos bo‘lmagan fanlar ulushi 18 foizga teng.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar