“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 16:04
ЎЗO‘Z

Ajrimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasiga qaytdi

11 fev, 12:10 2 401 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ajrimdan to‘g‘ri xulosa chiqargan ota oilasiga qaytdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 12.10.2009 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.R.dan undiruvchi S.R. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdor X.R. davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli qarzdorligi 19.416,8 ming so‘mni tashkil etib, qarzdor X.R.ga nisbatan aliment pullarini bartaraf etmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi to‘g‘risida ogohlantirilib, bayonnoma rasmiylashtirildi.

Holatni qarangki, bo‘limga kelgan undiruvchi S.R. va qarzdor X.R. yarashib oilasini tiklashini, undiruvchi S.R. alimentdan yig‘ilib qolgan 19.416,8 ming so‘mdan voz kechishini aytib, bo‘lim boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan, ijro hujjati undiruvchi S.R.ga qaytarilib, ijro ishi yurituvini tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yana bir oila yarashtirildi. Voyaga yetmagan bir nafar farzand to‘laqonli oilada kamol topadi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Alimentchi ota farzandi uchun 117 mln. so‘m to‘ladi 11 mar, 17:34
  • Bo‘kalik otaga farzandi 70 mln. so‘m to‘ladi 04 mar, 18:45
  • Sayyor sudda qarzdorlar otalarga ham choralar ko‘rildi 27 fev, 11:40
  • Qarzdor alimentchilardan 30 mln. so‘mdan ortiq qarzlar undirildi 09 yanv, 18:58
  • Otaning mas’uliyatsizligiga chek qo‘yildi 14 dek, 16:00
  • Alimentdan qarzdor otalarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilmoqda 16 apr, 16:40
  • So'nggi yangiliklar
  • "Roma"ning "Inter"ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum. Shomurodov bugun maydonga tushadimi? 04 dek, 15:52 19
  • Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi! 04 dek, 15:26 72
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 96
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 131
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 243
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 193
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 231
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 225
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 220
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 243
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 287
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 222
  • Bo‘limlar