“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:20
ЎЗO‘Z

«Matiz»ning kapotiga osilib qolgan YPX xodimi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

11 fev, 11:13 4 031 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Matiz»ning kapotiga osilib qolgan YPX xodimi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi Foto: Videodan kadr
2020 yil 29 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz”ning kapotiga osilib qolgan YPX xodimi aks etgan video tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 27 yanvar kuni soat 10:00lar atrofida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani markazida joylashgan tuman prokuraturasi binosidan dehqon bozoriga o‘tish uchun mo‘ljallangan piyodalar o‘tish yo‘lagining ustida, “Matiz” rusumli davlat raqam belgisi transport vositasi haydovchisi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 91-bandida ko‘rsatilib o‘tilgan talablarni buzgan holda to‘xtagan.

Ushbu hududga dislokatsiya asosida xizmat olib borish uchun biriktirilgan Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 2-safarbar guruhi YPX inspektori M.Toshpo‘latov “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi sodir etgan qoidabuzarlikni vizual kuzatuv orqali aniqlagan va sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida haydovchi tomonga harakatlangan.

Yo‘l-patrul xizmati inspektori kelayotganligini ko‘rgan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishini anglagan va javobgarlikdan bo‘yin tovlash maqsadida xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan “Matiz” rusumli transport vositasini oldida turgan inspektor ustiga harakatlantirishni boshlagan va YPX inspektori M.Toshpo‘latov transport vositasining old qismi (kapoti)ga osilib qolgan.

Transport vositasi kapoti ustida bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini ko‘rib bila turib haydovchi M.Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab taxminan 70 metr masofagacha harakatlangan va YPX inspektori yerga yiqilib tushgan. Haydovchi esa avtomashina harakatini davom ettirgan.

YPX inspektori M.Toshpo‘latov bo‘ysunmay ketgan haydovchi boshqaruvidagi transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aloqa vositasi orqali boshqa YPX inspektorlariga yetkazgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar davomida Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 2-safarbar guruhi YPX katta inspektori Z.Zokirov bo‘ysunmay harakatlangan haydovchi boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasini to‘xtatgan.

Haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Yo.O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirib transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 0
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 491
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 445
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 684
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar