“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 20:48
ЎЗO‘Z

«Paxtakor» mavsumdagi ilk o‘yinga tayyormi?

09 fev, 23:45 1 717 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Paxtakor» mavsumdagi ilk o‘yinga tayyormi? Ertaga, 10 fevral kuni «Paxtakor» OCHLning yangi mavsumidagi ishtirokini boshlaydi. Futbolimiz bayroqdorining ilk raqibi BAA chempionati yetakchisi «Shabob Al Ahli» jamoasi bo‘ladi. «Paxtakor» mavsumdagi ilk o‘yiniga tayyormi?

Bugun, 9 fevral kuni har ikki jamoa «Paxtakor» stadionida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Darvoqe, «Paxtakor» stadioni yopilishi kerak edi, ammo uning o‘rnida yangi stadion qurilishi haqidani gaplar shunchaki shov-shuv bo‘lib chiqdi. Bugungi mashg‘ulotlar vaqtida barchaning e’tibori «Shabob Al Ahli» futbolchisi Aziz G‘aniyevda bo‘ldi. Yaqindagina BAA jamoasi safida o‘tgan Aziz yangi jamoasidagi ilk o‘yini O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin.

«Shabob Al Ahli» ayni damda BAA chempionatida yetakchilik qilmoqda. Ahmad Halil 16-turdan keyin 36 ochko bilan 1-pog‘onaga joylashgan. Jamoa murabbiyi Aziz G‘aniyev bu o‘yinga tayyorligini, ammo hali jamoa uslubiga tushib olishi kerakligini aytdi. Bu esa Aziz katta ehtimol bilan ertaga asosiy tarkibda tushmasligini bildiradi. Ammo murabbiy uni ikkinchi tarkibda tushirishini ham istisno qilmaymiz.

«Paxtakor» haqida gapiradigan bo‘lsak, Arveladze jamoasi juda yaxshi holatda. Milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ham «Paxtakor»chilarni BAAdagi yig‘inga chaqirmay ularga yana yengillik berdi. «Paxtakor» futbolchilari yaxshi xordiq olib mavsumga tayyorlanishdi. Mavsumoldi yig‘in ham issiq BAAda o‘tkazildi. Arveladze jamoasi Eren Derdiyukdek kuchli hujumchi bilan kuchaydi. Katta ehtimol, «Paxtakor» 4-2-3-1 taktikasida o‘ynashni davom ettirsa kerak. Bu sxemada Derdiyuk hujumning oldingi chizig‘ida o‘ynaydi. Cheran, Hamdamov va Masharipov esa hujumkor uchlikni tashkil qiladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rodolfo Arruabarrena: "Yomg‘ir tufayli to‘p bilan ko‘p muoamala qila olmadik" 10 fev, 18:42
  • “Paxtakor”ning “Shabab Al Ahli”ga qarshi o‘yinlari qanday natijalar bilan yakunlangan? 08 fev, 14:40
  • Azizjon G‘aniyev legionerga aylandi 02 fev, 13:40
  • "Paxtakor"ning OCHL guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing 25 yanv, 23:58
  • “Paxtakor” stadioni o‘rnida usti ëpiq yangi o‘yingoh quriladi 12 iyul, 16:33
  • OChL. «Paxtakor»ning 1-turdagi raqibi ma’lum bo‘ldi 18 fev, 19:16
  • So'nggi yangiliklar
  • 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi 02 avg, 20:25 0
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 270
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 398
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi 02 avg, 15:45 402
  • Bo‘limlar