“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:18
ЎЗO‘Z

Adham Ikromov yo‘lovchi tashish litsenziyasini bekor qilishni taklif qildi

01 fev, 13:17 4 583 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adham Ikromov yo‘lovchi tashish litsenziyasini bekor qilishni taklif qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash o‘rniga transport vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali manzilli masalalarga yechim topish mumkinligini aytdi. Bu haqda u 31 yanvar kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasida fikr bildirgan.

«Ayni paytda 280 turdagi faoliyat bo‘yicha litsenziyalash amaliyoti bekor qilingan. Masalan, endi veterinariya xizmati uchun litsenziya talab etilmaydi, ya’ni veterinar laboratoriya faoliyati uchun akkreditatsiya olinadi, xolos. Avtomobil transporti orqali yo‘lovchi tashishda ham litsenziyalashning o‘rniga transport vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali shu masala yechimini topsa bo‘ladi», — dedi Adham Ikromov.

2018 yildan boshlab, har qaysi jismoniy shaxs yakka turdagi tadbirkorlik patenti bilan haydovchilik qila olishi, shunday huquq paydo bo‘lishi kutilgan edi. Ammo biroz vaqt o‘tib, davlat budjeti parametrlarida bu masala olib tashlandi, amalga oshmadi. O‘sha paytda moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ahadbek Haydarovning aytishicha, bu masalada yig‘imlardan norozi haydovchilar e’tirozi inobatga olingan. Qolaversa, yo‘lovchi tashish qoidalari va xavfsizlik masalasida ayrim masalalar ochiq qolgandi.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning qayd etishicha, O‘zbekistonda taksi xizmatini to‘liq «soya»dan olib chiqish budjetga qo‘shimcha 180 milliard so‘m tushumni ta’minlaydi.

«Bu eng kamida YAIMning 0,01 foizga o‘sishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, haydovchilar rasman mehnat faoliyati orqali ish stajiga ega bo‘ladi», — degan edi u.

Shunga qaramay, mazkur xizmatni ko‘rsatish bozorida yakka haydovchining taksi faoliyati bilan shug‘ullanishi bo‘yicha aniq va keng ko‘lamli reja hanuz mavjud emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 57
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar