“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

AQSH vizasi bo‘yicha yangi taqiq! U o‘zbekistonlik boy oilalarga ham taalluqli

25 yanv, 20:48 6 074 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH vizasi bo‘yicha yangi taqiq! U o‘zbekistonlik boy oilalarga ham taalluqli Foto: “Getty Images”
24 yanvardan homilador ayollarga AQSH sayyohlik vizasini berishni taqiqlovchi tartib kuchga kirdi. Mazkur taqiq AQSH tuprog‘ida xorij fuqarolari tomonidan tug‘ish ko‘rsatkichini kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.

Mazkur xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda «Xo‘sh, AQSH konsulligi xodimlari endi ginekolog vazifasini ham bajarib, ayollarni homiladorlik bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadimi?» qabilidagi kinoyaviy fikrlar keng tarqaldi.

AQSH rasmiylariga ko‘ra, konsulxonalari xodimlari sayyohlik vizasi uchun ariza topshirgan ayollarga homiladorligiga doir savol berishi mumkin, xolos. Ammo suhbat chog‘i ham, AQSH hududiga kirishda ham ayollardan homiladorlik tekshiruvidan o‘tishni talab qilish mumkin emas.

Milliy qonunchilikka ko‘ra AQSH tuprog‘ida dunyoga kelgan chaqaloqlar voyaga yetgach, mazkur mamlakat fuqaroligini olish imkoniga ega. Dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi badavlat oilalar esa mazkur imkoniyatdan foydalanib, farzandini «sehrli diyor”da dunyoga keltirish va shu orqali uning porloq kelajagini ta’minlashga harakat qiladi. Tahlillarga ko‘ra, «tug‘ruq turizmi» Osiyo, Lotin Amerikasi va sobiq Ittifoq davlatlari fuqarolari orasida ko‘proq uchraydi. Masalan, 2017 yilda AQSHda 10 ming ziyod xorijlik chaqaloq dunyoga kelgan.

Garchi rasmiy statistika mavjud bo‘lmasa-da, O‘zbekistondagi o‘ziga to‘q oilalar orasida ham farzandini dunyoga keltirish uchun atayin AQSHga safar qiluvchilar mavjud. Yangi taqiq ularga ham taalluqlidir.

AQSH Davlat departamenti yangi tartibni milliy xavfsizlikni himoya qilish maqsadi bilan izohlagan. Vashington ma’murlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tuprog‘ida tug‘ilayotgan chaqaloqlar orasida mamlakat uchun xavfli shaxslar ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ammo payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat departamenti mulozimlari terrorchi yoki jinoiy guruh vakillari mamlakat hududida tug‘ruqni uyushtirganiga doir birorta misol keltira olmagan.

«Tug‘ruq turizmi»ga qo‘yilgan taqiq, ayni choqda, siyosiy xarakterga ham ega. AQSHda «tug‘ruq turizmi»ga qarshi bo‘lganlar ham anchagina. Tahlilchilarga ko‘ra, Eron generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirish orqali allaqachon saylov kampaniyasini boshlab yuborgan prezident Tramp xorijliklarga qo‘yilgan navbatdagi taqiq orqali ham «ochko” yig‘ishni maqsad qilmoqda.

Aslida, AQSHda dunyoga kelgan chaqaloqlarning fuqarolik olishi xamirdan qil sug‘urgandek oson kechmaydi. Ular voyaga yetib, bir necha bosqichli immigratsiya tizimidan o‘tganidan keyingina AQSH pasportini qo‘lga kiritadi.

Aksar huquqshunoslar Davlat departamenti tomonidan joriy etilgan yangi taqiq mamlakat Asosiy qonuniga zid ekanini ham ta’kidlamoqdalar. Gap shundaki, AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-o‘zgartirish mazkur huquqni kafolatlaydi. Qolaversa, Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ishni man etuvchi alohida qonun hujjati ham mavjud emas.

Yana bir holat. AQSH konsullik idoralari ayrim mamlakatlar fuqarolariga 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga sayyohlik vizasi beradi. Uzoq muddatga berilgan vizalar esa, tabiiyki, «tug‘ruq turizmi»ga to‘siq bo‘la olmaydi.

Nima bo‘lganda ham, homilador ayollarga sayyohlik vizasi berishni taqiqlovchi munozarali tartib-qoida sud-mahkama da’volarini ko‘paytirishi aniq.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 2
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 626
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar