“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:17
ЎЗO‘Z

Nukusda IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

22 yanv, 21:00 3 198 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nukusda IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi Nukusda ichki ishlar xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Nukus shahar IIO FMB 5-sonli IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Bekmuratovga Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.I. o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida 1 200 AQSH dollari taklif qilgan.

15 yanvar kuni fuqaro A.I. podpolkovnik A.Bekmuratovga o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish evaziga taklif qilgan 1 200 AQSH dollaridan 300 AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar