“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

Toshkentda ikkita 50 qavatli osmono‘par bino quriladi

22 yanv, 11:51 4 862 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda ikkita 50 qavatli osmono‘par bino quriladi Foto: Toshkent shahar hokimligi
Day and Night investitsiya loyihasi asosida poytaxtning Yakkasaroy tumani hududidagi kichik iqtisodiy zonada ikkita 50 qavatli osmono‘par bino va 16 ta savdo, turar joy va ma’daniyat pavilonlari quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov boshchiligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo.uz.

Iki Design kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha qiymati 1 milliard AQSH dollariga baholanmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 3 yil kerak bo‘ladi. Loyihadan o‘rin olgan barcha 18 ta lot xorijiy va mahalliy investitsiyalar hisobiga bunyod etiladi.

Sharof Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ish markazlarining yillik daromadi 500 million dollarni tashkil etadi, bu esa Yakkasaroy hududida hozirda mavjud korxonalar daromadidan 4 barobarga ko‘proq.

Qurilajak ob’ektlar 432 ming kvadrat metr maydonda joylashadi. Turar va noturar joylarning umumiy maydoni 1,21 million kvadrat metrga teng bo‘ladi. Bu Yakkasaroy kichik iqtisodiy zonasidagi mavjud ish maydonlaridan deyarli 3,5 barobarga ko‘proq demak.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Uy-joy binolari ostidan 549 ming kvadrat metr joy ajratiladi, shundan 48 ming kvadrat metri mehmonxonalar, 246 ming kvadrat metr — ofislar, 36 ming kvadrat metr — ko‘rgazma zali, 4 ming kvadrat metr — bog‘cha va maktablar, 5 ming kvadrat metr — tibbiyot maskanlari uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, 320 ming kvadrat metr maydonni xizmat ko‘rsatish sohasiga ajratish ko‘zda tutilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Balandligi 230 metrni tashkil etadigan egizak-binolar «Oy va Quyosh» ramziga aylanadi. Uning ichida restoran va dam olish maskanlari joy oladi.

Hokim o‘rinbosarining ta’kidlashicha, master-planni yaratish uchun xorij kompaniyalari jalb etilgan. Konsepsiyani yaratishda London, Nyu-York, Mayami va boshqa shu turdagi ish markazlariga ega shaharlar tajribasi o‘rganilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar