“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 09:42
ЎЗO‘Z

Toshkentda «Kobalt» svetoforda to‘xtab turgan to‘rtta mashinaga kelib urildi

15 yanv, 09:28 2 373 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda «Kobalt» svetoforda to‘xtab turgan to‘rtta mashinaga kelib urildi Kecha, 14 yanvar kuni kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan voqea joyidan olingan fotosuratlar tarqalgan edi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

14 yanvar kuni ertalab soat 22:50 da Lutfiy va Farhod ko‘chalari kesishgan joyda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida 102 raqamiga xabar tushgan.

«Kobalt» rusumli avtomashina haydovchisi 37 yoshli T.Tohir svetaforning taqiqlovchi signalida to‘xtagan bir nechta avtomobil, jumladan: ikkita «Matiz», «Spark» va «Neksiya-3» rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashdi.

Hodisa oqibatida «Kobalt» haydovchisi, «Matiz» haydovchisi va uning yo‘lovchisi, shuningdek yana bir «Matiz» yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.

«Kobalt» avtomobilining svetofor oldida to‘xtab turgan mashinalarga kelib urilishi sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida «BMW» to‘xtab turgan «LACETTI» orqasidan kelib urilishi oqibatida ikki mashina ham yonib ketgandi.

«LACETTI» rusumli avtomashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi 6 yoshli D.M. qutqarilib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki yo‘lovchi — 44 yoshli I.M. va 8 yoshli Ya.M. esa voqea joyida halok bo‘lishgandi.

«BMW» avtomobili haydovchisi voqea joyidan qochib ketgandi. Ikki nafar yo‘lovchining halok bo‘lishiga, yana ikki kishining shifoxonaga tushishiga sababchi bo‘lgan o‘sha haydovchi biroz muddatdan so‘ng ushlanib, uning shaxsi aniqlangandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Chilonzordagi mudhish avariya videosi tarqaldi (18+video) 06 fev, 23:50
  • Chilonzorda qonli YTHni sodir etgan BMW haydovchisi topildi 11 yanv, 23:30
  • IIBB Sergelida bir kishining o‘limi bilan tugagan YTH haqida rasmiy ma’lumot berdi 26 iyul, 20:34
  • “Matiz” avtomashinasi “MAN”ga borib urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi 13 iyul, 18:47
  • Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi, 8 kishi halok bo‘ldi 08 apr, 17:56
  • Toshkentda navbatdagi mudhish YTH 04 mar, 15:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi 12 мая, 09:26 0
  • Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi 12 мая, 09:00 1
  • O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi? 12 мая, 08:30 0
  • Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi 12 мая, 08:00 0
  • Isroil zarbasidan keyin G‘azo sektoridagi 13 qavatli bino qulab tushdi 12 мая, 05:20 449
  • Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi 12 мая, 00:20 868
  • Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi 11 мая, 23:53 874
  • G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi 11 мая, 23:34 1 267
  • Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi 11 мая, 23:18 995
  • Miya qarishini sekinlashtirishning yetti usuli ma’lum qilindi 11 мая, 21:53 1 213
  • "So‘g‘diyona" "Andijon"ni yirik hisobda taslim qildi 11 мая, 21:28 1 072
  • "Lokomotiv" o‘z uyida "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi 11 мая, 21:19 992
  • Bo‘limlar