“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:30
ЎЗO‘Z

Xitoyda odamdan odamga yuqmaydigan, lekin odamni o‘ldiradigan koronovirus tarqaldi

14 yanv, 11:29 5 948 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda odamdan odamga yuqmaydigan, lekin odamni o‘ldiradigan koronovirus tarqaldi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Xitoy Xalq Respublikasida ro‘yxatga olingan yangi turdagi koronovirus kasalligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy buyurosining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida koronovirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan.

Xitoyning Uxan shahar Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 2019 yil dekabrning oxirida Uxan shahar Xubey provinsiyasida noma’lum etiologiyali pnevmoniya kasalligi tarqalganligini ma’lum qilgan.

Xitoy Xalq Respublikasining HTSQ-2005 Milliy koordinatori ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning 11 yanvar holatiga Uxan shahrida 41 ta holatda virusli pnevmoniya kasalligi aniqlangan, ulardan bir nafari vafot etgan, bemorlarning 6 nafari sog‘ayib shifoxonadan chiqarilgan.

Bemorlar bilan muloqatda bo‘lgan 739 nafar, shulardan 419 nafari tibbiyot xodimlari tibbiy nazoratga olingan. Hozircha ular orasida kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Milliy koordinatorning ma’lumoti asosida HTSQ-2005 mezonlari bo‘yicha ushbu kasallikning xalqaro miqyosida tarqalish xavfi hamda xalqaro savdo va sayohatlarga to‘sqinlik yo‘qligi ma’lum qilingan.

Epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi aniqlangan.

Bemorlarning ko‘pchiligi yuqori tana harorati hamda nafas olishga qiynalayotganidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasi rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan.

Bugungi kunda kasallikning odamdan-odamga yuqishi aniqlanmagan.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

— Davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish, ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotganlarga alohida e’tibor qaratilmoqda;

— pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirotor kasalliklari alomatlari bilan aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda;

— gripp, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun davolash-profilaktika muassasalarining tayyorgarligini ta’minlash, bemorlarni davolash uchun dori-darmonlar va dezinfeksion moddalar zaxirasi yaratildi;

— Xitoy Xalq Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilarda gripp kasalligining og‘ir turlariga, O‘RI va pnevmoniya kasalliklariga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda laboratoriya tashxisoti uchun namunalar olishni tashkil etish;

— Agentlik mutaxassislari tomonidan uchuvchilar, bort kuzatuvchilar, temir yo‘l provodniklarining bilim saviyasini oshirish maqsadida gripp, O‘RI va o‘tkir pnevmoniya kasalliklarining klinikasi, laboratoriya tashxisoti, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari to‘g‘risida seminarlar o‘tkazilmoqda.

Kasalliklarning respublikamizga kirib kelishi va keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan nazoratga olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 308
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 120
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 97
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 143
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 249
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar