“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:05
ЎЗO‘Z

Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi

08 yanv, 09:20 5 156 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbotlandi Makmasters universitetining Endryu Mente boshchiligidagi olimlar guruhi kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning organizmga foydali emasligi, aksincha uning yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini isbotlashdi. Tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etilgan.

Xalqaro tadqiqotda dunyoning 49ta davlatidan 130 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar tuzni kam iste’mol qilish va yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qilib ko‘rishdi. Tadqiqotda yuqori va normal qon bosimiga ega kishilar alohida o‘rganilib, natijalar taqqoslandi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi tuz miqdori muayyan ko‘rsatkichdan pastga tushsa, bu jiddiy xavf uyg‘otadi. Shu bilan birga natriyning yuqori qon bosimiga ega kishilar uchun zararli ekanligi ta’kidlandi. Tadqiqotchilarning baholashicha, dunyo aholisining atigi o‘n foizigina tuz iste’molini kamaytirishi kerak, qolganlarga esa bunday parhezdan foyda yo‘q.

Bugungi kunda parhezshunoslar sog‘liqni saqlash maqsadida kundalik ratsiondan tuzni kamaytirishni maslahat berishadi, biroq bu, aksincha, yurak va qon tomirlaridagi muammolarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, tuzni doimiy ravishda ko‘p iste’mol qilish (kuniga besh grammdan ko‘p bo‘lsa) qon bosimining oshishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 169
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 58
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar