“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:05
ЎЗO‘Z

Samarqandda tungi poyga uyushtirgan «forsajchilar» qamaldi (foto, video)

07 yanv, 23:45 8 947 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda tungi poyga uyushtirgan «forsajchilar» qamaldi (foto, video) Joriy yilning 6 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda «Jiguli» avtomashinalari ishtirokida poyga uyushtirilganlik holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, poygachilar kimligi aniqlandi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
[media=https://youtu.be/zgCHHr5J25o]
Ma’lum bo‘lishicha, 1991 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan Sh.S. va 1992 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan, transport vositalarini ta’mirlash (elektrik) bilan shug‘ullanuvchi usta X.S. tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan turib «Vaz-210130» rusumli qizil rangli «Jiguli» avtomashinasini boshqargan. Shuningdek, oq rangli «Vaz-2101» rusumli ikkinchi transport vositasi 1992 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan fuqaro Bobir Abdurahmanovga tegishli ekanligi aniqlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB
2019 yilning 24 dekabr kuni soat taxminan 23:45 atrofida transport vositasini ta’mirlab bo‘lganidan so‘ng B.A. hamda X.S. avtomobillarni sinab ko‘rish maqsadida poyga uyushtirgan. Bu orqali ular jamoat tartibini buzgan holda fuqarolarning tinchligini buzib, mayda bezorilik harakatlarini sodir qilgan.

2020 yil 6 yanvar kuni viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Sh.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi bilan, X.S.ga nisbatan MJtKning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-moddasi 2-qismi va 125-moddasi 5-qismi bilan hamda B.A.ga nisbatan MJtKning 125-moddasi 5-qismi, 128-5-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toyloq tuman ma’muriy sudining 6 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, B.A. hamda X.S. MJtKning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 182
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar