“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

«Lokomotiv» Kirill Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib olmoqda

03 yanv, 06:00 2 300 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Lokomotiv» Kirill Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib olmoqda Rossiyalik hujumchi Kirill Pogrebnyak Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiyaning championat.com sayti xabar bermoqda.

«1 yanvar kuni 27 yoshli futbolchi erkin agent sifatida Shvetsiyaning «Falkenberg» klubini tark etdi. Kirill Pogrebnyak bu klubda mart oyidan buyon to‘p surayotgandi.

Kirill hozirda Rossiyaning «Ural» klubi futbolchisi sanalmish, 36 yoshli taniqli hujumchi Pavel Pogrebnyakning ukasi sanaladi.

27 yoshli futbolchi faoliyatini 2011 yilda Rossiyaning «Tom» klubida boshlab, «Fakel», «Zenit-2» va «Baltika» klublarida ham to‘p surgan. Pogrebnyak Shvetsiya chempionatining joriy mavsumida 19 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ygan», deyiladi manbada.

Ma’lumot uchun, 2018 yilgi mavsumda Kirill Pogrebnyakning yana bir akasi himoyachi Nikolay Pogrebnyak ham Toshkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat boshlab, bor yo‘g‘i 2 o‘yinda maydonga tushib, jamoani tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, OCHL saralash bosqichida to‘p suradigan «Lokomotiv» yaqinda yana bir hujumchi Marat Bikmayevni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 421
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 204
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 89
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 391
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar