“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 14:15
ЎЗO‘Z

Dzyuba — Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi

24 dek, 07:30 2 029 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dzyuba — Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi «Zenit» klubi va Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) va «Sport-Ekspress» nashri talqiniga ko‘ra, Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada milliy jamoa bosh murabbiyi, RPL klublari bosh murabbiylari, klublar menejerlari, «Sport-Ekspress» jurnalistlari, shuningdek muxlislar ham ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Artyom Dzyuba 222 ochko bilan birinchi, «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovin 156 ochko bilan ikkinchi, «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Gjegoj Krixovyak 129 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

«Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 82 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini RFI va «Sport-Ekspress» nashri tomonidan 4 yil oldin ta’sis etilgan bo‘lib, 2016 yilda uni «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov, 2017 yilda «Spartak» hujumchisi Kvinsi Promes va 2018 yilda «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba qo‘lga kiritgan edi.

Top-10 Rossiyaning 2019 yilgi eng yaxshi futbolchilari:
222 – Artyom Dzyuba («Zenit»)
156 – Aleksandr Golovin («Monako»)
129 – Gjegoj Krixovyak («Lokomotiv», Polsha)
82 – Eldor Shomurodov («Rostov», O‘zbekiston)
60 – Georgiy Jikiya («Spartak»)
39 – Igor Akinfeyev (SSKA)
23 – Sardor Ozmun («Zenit», Eron)
23 – Vilmar Barrios («Zenit», Kolumbiya)
23 – Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»)
22 – Mariu Fernandes (SSKA)



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Fox Sports Asia» Osiyoning eng yaxshi futbolchisini aniqladi 03 yanv, 16:49
  • Eldor Shomurodov RPL birinchi davrasi ramziy terma jamoasida! 05 noya, 18:12
  • Rossiya chempionatida "Rostov"ning va to‘purarlar poygasida Eldor Shomurodovning o‘rni qanday? 07 okt, 10:20
  • Eldor Shomurodov Rossiya chempionati 4-tur ramziy terma jamoasida 06 avg, 17:55
  • Artem Dzyuba Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi 25 dek, 21:20
  • Rossiya terma jamoasining JCh-2018 uchun yakuniy tarkibi 03 iyun, 18:08
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi 24 sen, 13:55 4
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman 24 sen, 13:30 138
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 24 sen, 13:09 90
  • Surxondaryoda mast haydovchi Lacetti’da ikki YPX inspektorini sudrab ketdi 24 sen, 13:06 164
  • Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi 24 sen, 11:55 295
  • Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi 24 sen, 11:28 194
  • «Tolibon» Ashraf G‘anidan olib chiqib ketgan pullarini qaytarishni talab qilmoqda 24 sen, 11:05 493
  • Ozodbek Nazarbekov Davron Kabulovga mukofotni topshirdi 24 sen, 10:42 508
  • Ronaldu qimmatbaho Bentley sotib oldi va o‘ziga qo‘riqchi yolladi 24 sen, 10:39 446
  • Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i... 24 sen, 10:36 1 166
  • "Roma" "Udineze" ustidan zafar quchdi, Shomurodov 86-daqiqada maydonga tushdi (video) 24 sen, 10:26 366
  • Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi 24 sen, 09:50 382
  • Bo‘limlar