“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 01:53
ЎЗO‘Z

Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi

21 dek, 22:23 1 407 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook Gruziya hukumatiga aloqador yuzlab sahifalarni o‘chirib tashladi Facebook kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqda Gruziya hukumati va «Gruziya orzusi» hukmron partiyasiga aloqador o‘nlab soxta akkauntlar va yuzlab sahifalar aniqlanganini ma’lum qildi. «Kommersant’»ning yozishicha, umumiy hisobda 39 ta akkaunt, 344 ta sahifa va 13 ta guruh, shuningdek Instagram’dan 22 ta akkaunt o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, soxta akkauntlardan mahalliy auditoriyani jalb qilish maqsadida foydalanilgan. Ushbu sahifalar o‘zini yangiliklar manbasi sifatida ko‘rsatgan.

Ular mamlakat ichidagi voqealar va siyosat to‘g‘risida — saylovlar, hukumat ishi, amaldorlar va hokazolar haqida xabarlar joylashtirgan. Muxolifat va mahalliy faollar tashkilotlari faoliyati esa tanqidiy yoritilgan.

«Uning ortida turgan odamlar o‘zlarining kimligini yashirishga harakat qilganiga qaramay, izlanishlarimizda ularning Gruziyadagi ‘Panda’ reklama agentligi va ‘Gruziya orzusi’ boshchiligidagi hukumat bilan aloqadorligini ko‘rsatdi», — deyiladi Facebook bayonotida.

Facebook, shuningdek, misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy yetakchilar to‘g‘risidagi postlardan skrinshotlarni ham keltirgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Facebook Saudiya Arabistoni va BAAdan 476 ta shubhali akkauntni o‘chirib tashladi 02 avg, 09:30
  • Chechenlar Gruziya maxsus kuchlarini Pankiss darasidan chiqarib yubordi 22 apr, 11:08
  • Facebook jurnalistikaga 300 mln dollar investitsiya kiritadi 15 fev, 15:20
  • Facebook O‘zbekistondagi ko‘plab soxta sahifa va akkauntlarni o‘chirib tashladi 19 yanv, 07:25
  • Tbilisida Gruziya prezidentining kuyovi qo‘lga olindi 06 dek, 22:53
  • Gruziya​ hukumati xalqining 565 mln dollar qarzidan voz kechmoqchi 20 noya, 11:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi 24 yanv, 00:20 0
  • AQSH Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanadi 23 yanv, 23:51 12
  • Aziz G‘aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag‘lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi 23 yanv, 23:20 55
  • Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi 23 yanv, 22:53 200
  • Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi? 23 yanv, 22:06 144
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi 23 yanv, 21:30 435
  • Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ydi 23 yanv, 21:00 450
  • «Men ham uzoq qishloqdan chiqqan odamman...» – Shavkat Mirziyoyev 23 yanv, 20:34 583
  • Navoiyda “Ayollar daftari” xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, muammolari tinglandi 23 yanv, 20:08 126
  • Luvr muzeyi yaqinidan kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq tutildi 23 yanv, 19:36 338
  • Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi 23 yanv, 19:15 165
  • 2 yil aliment to‘lamagan ota qamoqqa tushdi 23 yanv, 18:49 217
  • Bo‘limlar