“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:02
ЎЗO‘Z

Maktablarda yangi fan joriy etiladi

16 dek, 10:46 3 381 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maktablarda yangi fan joriy etiladi Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- “Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
- 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun, 2021-2022 o‘quv yili uchun 10-11-sinflariga mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantiradi;
- 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- 2020 yilning aprel-may oylarida “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning tajriba variantlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazadi;
- darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etish bo‘yicha deklaratsiya qilingan narxlar asosida matbaa korxonalari bilan shartnomalar tuzadi;
- chop etilgan “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar joylarga yetkazilishini ta’minlaydi;
- umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanidan dars beruvchi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarni xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida maqsadli malaka oshirish kurslariga jalb etadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Talabalarga o‘qish uchun to‘lovni yiliga to‘rt marotaba amalga oshirish imkoni taqdim etildi 03 mar, 09:20
  • OTMlarda ikkinchi darajali fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi 02 mar, 22:30
  • Maktablarda variativ o‘quv rejalar doirasida majburiy fanlar soni 9taga oshirildi 28 fev, 16:08
  • O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi yo‘nalish ochiladi 17 dek, 18:30
  • 2021 yildan maktab o‘quvchilarining bilimi yangicha tizimida baholanadi 14 dek, 07:02
  • Endi kollejda kimlar o‘qiydi? 27 yanv, 10:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar