“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:16
ЎЗO‘Z

Jo‘natmalar orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi

12 dek, 19:08 2 560 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jo‘natmalar orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Navoiy viloyati va Toshkent shahri bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda kurerlik jo‘natmalari tarzida yirik miqdordagi tovar-moddiyboyliklarning noqonuniy olib kirilganligi fosh qilindi.

“Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida poytaxtimizda faoliyat yurituvchi kurerlik firmalaridan birining nomiga xorijiy davlatdan yuborilgan 2,8 tonnadan ortiq og‘irlikdagi kurerlik jo‘natmalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rik natijasida hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan jo‘natmalardagi tovarlar o‘rtasida tafovutlar borligi aniqlandi. Ya’ni, mazkur jo‘natmalarga tegishli 138 ta bojxona deklaratsiyalarida umumiy qiymati 650 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ko‘rsatilmagani aniqlandi.

Sodda qilib aytganda, tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlarini suiste’mol qilgan holda go‘yoki shaxsiy foydalanish uchun niqobi ostida olib kirilgan mazkur tovarlar aslida tijorat maqsadi uchun ko‘zlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 37
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 224
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar