“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

Soliq to‘lovchilar uchun yengilliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi

07 dek, 09:20 2 949 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq to‘lovchilar uchun yengilliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Bugun, 6 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyatiga bag‘ishlab Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Ernazarov Kodeksda tadbirkorlar va umuman soliq to‘lovchilar uchun yengilliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, soliq nazoratining yangi tartibi (kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv, soliq auditi) soliq to‘lovchining tahlika-tahlili asosida taklif etilmoqda.

«Tahlika-tahlil dasturi inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik sub’ektlarini mezonlar asosida xavflilik darajasiga qarab 3ta segmentga, ya’ni yashil, sariq, qizil yo‘laklarga ajratadi.

Xavflilik darajasi past bo‘lgan (yashil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan hech qachon soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korxonalarga yuqori darajadagi soliq xizmatlari ko‘rsatiladi.

Xavflilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan (sariq yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korxonalarga xato-kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi hamda ularga moliyaviy jarimalar qo‘llanmaydi.

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, buxgalteriya hujjatlari va hisobvaraq-fakturalarni soxtalashtirish holatlari aniqlangan xavflilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan (qizil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi va ushbu korxonalar doimiy nazoratda bo‘ladi. Ushbu tadbirlar soliq nazoratini amalga oshirishning shaffofligini ta’minlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi», dedi Komiljon Ernazarov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 77
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar