“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:26
ЎЗO‘Z

“Vaqtinchalik propiska”li yoki propiskasiz boshqa hududda yashayotganlar saylovda qayerda ovoz beradi?

03 dek, 22:35 2 874 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Vaqtinchalik propiska”li yoki propiskasiz boshqa hududda yashayotganlar saylovda qayerda ovoz beradi? Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasisining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Markaziy Saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari Mahmud Istamov 2019-yil 22-dekabrda saylovlarda ilk bor mamlakat miqyosida Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi amalda qoʻllanilayotgan haqida axborot berdi.

Unga koʻra, saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha (doimiy yoki vaqtincha propiska (hisobda turish) joyi boʻyicha) saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi uchastka saylov komissiyasi oʻtkazadigan uyma-uy yurish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Bunda, saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar boʻlsa, ularning ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlishi yoki boʻlmasligi oʻzaro suhbat chogʻida uchastka saylov komissiyasi aʼzosi tomonidan aniqlanadi va saylovchini vaqtincha yashab turgan joyi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritish masalasi hal etiladi.

Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bilan shaxsan suhbat qurish imkoniyati boʻlmasa, ular vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.

Agar saylovchi yashab turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlmasa (propiskada turmasa), vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.

Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19-dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.

Fuqaro haqiqatan saylov uchastkasi joylashgan hududda vaqtincha yashayotganligini qoʻshimcha hujjatlar (vaqtincha yashash maʼlumotnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Uchastka saylov komissiyasi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchining qaysi saylov uchastkasi boʻyicha roʻyxatga kiritilganligini saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan izlab topadi va muddatidan oldin ovoz bergan yoki bermaganligini aniqlashtiradi. Muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanmagan saylovchilargina haqiqatan vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 98
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar