“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 05:39
ЎЗO‘Z

1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi

03 dek, 10:29 1 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1,1 million dona pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi Yangi yil yaqinlashgani sayin pirotexnika vositalarining savdosi, noqonuniy aylanma yoʻllar orqali olib kirilishi, tashilishi chegara hududlarda tez-tez kuzatila boshlaydi. Shu munosabat bilan pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashishda chegara hududlardagi bojxona postlari orqali tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.T boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, avtomashina Margʻilon shahri hududida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million soʻmlik 558 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million soʻmlik 571 254 dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositalarini respublikamiz xududiga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishning oldi olindi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurash davom etmoqda 24 dek, 12:06
  • Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi 12 dek, 22:14
  • 150 ming dona pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi 09 dek, 18:22
  • 1,1 milliard so‘mlik «tamaki» va «pirotexnika» operatsiyasi fosh etildi 06 dek, 15:35
  • Andijonda qariyb 58 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi! 23 noya, 15:50
  • Bojxonachilar yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi 13 noya, 15:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 286
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 259
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 313
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 499
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 631
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 741
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 870
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 472
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 657
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 414
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 555
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 1 012
  • Bo‘limlar