“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 11:12
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan oʻtdi

03 dek, 10:05 2 557 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston termasini 4 karra Jahon chempioniga aylantirgan murabbiy olamdan oʻtdi Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Oʻzbek sporti fidoyilaridan biri, mamlakatmiz nogiron-amputantlar jamoasini jahonning eng kuchli termasiga aylantirgan inson Rustam Qoriyev 68 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga tayanib xabar qilmoqda.

Rustam Qoriyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha koʻtarilgan.

1988-yilda esa Afgʻonistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron boʻlib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga oʻzgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi aʼzolari tashkil etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

Rustam Qoriyev mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeni va qator mukofotlar bilan taqdirlangan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova olamdan o‘tdi 20 mar, 17:34
  • Xokkey afsonalariga Tashkent City'dagi zamonaviy xonadonlarning kalitlari topshirildi 18 fev, 07:30
  • Yoshlar sport sammiti o‘z ishini boshladi 07 okt, 10:14
  • Tailandni zabt etgan jahon chempioni Urganchda harbiy xizmatni o‘tamoqda (video) 30 iyul, 08:30
  • O‘zbekistonda Rossiya universiteti filiali ochiladi 22 okt, 12:20
  • Qargʻaga 32 tilda gapirishni oʻrgatgan oʻzbekistonlik yigit olamdan oʻtdi 11 okt, 12:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Kubada «Kastrolar davri» intihosiga yetdi 17 apr, 10:56 0
  • 2021 yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 316 kishida kasallik tasdiqlandi 17 apr, 10:25 0
  • Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi 17 apr, 10:11 0
  • AOKA «Daryo» muxbiri va IIB xodimi o‘rtasidagi voqea yuzasidan bayonot berdi 17 apr, 09:30 0
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 447
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 320
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 308
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 472
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 1 048
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 703
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 653
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 665
  • Bo‘limlar