“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:18
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston klublari Chempionlar Ligasi saralashidagi raqiblarini bilib olishdi

29 noya, 14:00 3 344 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston klublari Chempionlar Ligasi saralashidagi raqiblarini bilib olishdi Foto: AFP/Getty Images
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2020-yilgi Chempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkin boʻlgan klublar roʻyxatini eʼlon qildi.

Unda “Soʻgʻdiyona” klubining nomi ham bor, deb xabar beradi “Futbolium” telegram kanali. Avvalroq jizzaxliklar litsenziyalashdan oʻtolmagani sababli, Chempionlar Ligasida ishtirok etolmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan kelib chiqadiki, PFL “Soʻgʻdiyona”ga nisbatan sanksiya qoʻllagan boʻlsa-da, baribir litsenziya bergan.

Demak, Superliganing soʻnggi turidan oʻrin olgan va 30-noyabr kuni oʻtkaziladigan “Bunyodkor” - “Soʻgʻdiyona” oʻyinida nafaqat uchinchi oʻrin sohibi, balki Chempionlar Ligasi ishtirokchisi ham aniqlanadi.

Oʻzbekiston klublari Chempionlar Ligasi saralash oʻyinlarini yanvar oyida boshlaydilar.

21-yanvar
“Lokomotiv” - “Istiqlol” (Tojikiston)
“Bunyodkor” / “Soʻgʻdiyona” - Az-Zavra (Iroq)

Agar klublarimiz bu bosqichdan oʻtsa, 28-yanvar kuni safarda toʻp tepishadi.

28-yanvar
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv”
Al-Ayn (BAA) – “Bunyodkor” / “Soʻgʻdiyona”

Eslatib oʻtamiz, saralash bosqichi faqat 1ta oʻyindan iborat boʻladi. Toshkentning “Paxtakor” klubi Chempionlar Ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 50
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 94
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar