Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Ushbu kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:– saylov komissiyalarining majlislarida
hozir bo‘lish;
– nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan
uchrashuvlarida ishtirok etish;
– saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini
kuzatish;
– ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda
hozir bo‘lish;
– saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan
ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
– agar tegishli saylov uchastkasida Saylov kodeksining talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida tegishli
saylov komissiyasiga ma’lum qilish.