“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 12:21
ЎЗO‘Z

Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi

25 noya, 00:17 1 821 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin haqida qisqacha? Qisqasi mag‘lub bo‘ldik, "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Afsuski birinchi davradagi o‘zaro o‘yinda bo‘lgani kabi chiroyli bahs bo‘lmadi. Hayot davom etadi. Keyingi "Lokomotiv" bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Bizga futbolchilar yetishmayapti. Men klubdan ketayotganimda 3-o‘rinda edik, qaytganimda 6-o‘rinda edik. O‘runovni sotib yuborishdi, Abdujamol Isroilovning oyog‘i sindi, Azim Ahmedov jarohat oldi, Lukichning oyog‘i sindi... Hozir tarkibimizda bor futbolchilardan minnatdorman. To‘g‘ri qayerdadir mahorat yetishmayapti. Hech nima qila olmaymiz. Agar yuqoridagi barcha futbolchilar bo‘lganida boshqacha o‘yin bo‘lardi. Agar zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi bo‘lmasa faqat baqirish mumkin, xolos. Bu yerda barchasi ochiq oydin ko‘rinib turibdi.

Bu yil mendan aniq bir natija talab etishmagandi, to‘g‘ri biz g‘alaba qozonishni, teparoqda bo‘lishni istagandik. Asosiy e’tibor keyingi yilga edi. Ammo ketma-ket g‘alabalardan keyin sovrinli o‘rinlar haqida gapirishni boshlashgandi. Futbolchilarsiz natija qo‘lga kiritish juda qiyin. Bundan tashqari tashqi ta’sirlar ham bor, o‘zingiz ko‘rdingiz...

Futbol bu ijodiy o‘yin, bizga kuch yetishmadi, qo‘rqdik. Biz talab qilayapmiz, ammo futbolchilar maydonda o‘ynashadi-ku. Bu yerda ko‘p gapirishimiz mumkin, ammo barchasi maydonda hal bo‘ladi. Zarba bermadik, demak xohlashmadi, uddalay olishmadi. Hozir jamoada bor futbolchilar bilan ishlayapmiz, ular maydonga tushib oxirigacha kurashishmoqda.

"Navbahor"da yangi mavsumda yangi murabbiy bo‘lish haqida mish-mishlar yuribdi? Mening klub bilan shartnomam bor. Yashayversak ko‘raveramiz", - deydi Andrey Kanchelskis.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor" 15 sen, 22:00
  • «Navbahor» Andrey Kanchelskis qaytganini e’lon qildi 28 avg, 19:38
  • Kanchelskis: "Birinchi bo‘limni ancha bo‘sh o‘tkazdik" 07 apr, 10:51
  • Andrey Kanchelskis: "Nikachni yoshlar jamoasiga yubordim, bir qancha futbolchi sobiq murabbiy bilan ketishgan" 01 noya, 22:06
  • Andrey Kanchelskis mag‘lubiyatga izoh berdi 23 okt, 23:12
  • Andrey Kanchelskis “Navbahor” boshqaruvidagi ilk oʻyinidan soʻng nimalar dedi? 22 okt, 06:27
  • So'nggi yangiliklar
  • 2 mart kuni yurtimizda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi 01 mar, 11:36 60
  • «Narxoz»ga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi 01 mar, 11:11 81
  • Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi 01 mar, 10:50 119
  • Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi 01 mar, 10:23 91
  • Myanmadagi isyonlarda bir kunda 18 kishi o‘ldirildi 01 mar, 09:57 161
  • Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi 01 mar, 09:28 161
  • Turkiya Oyga yuborish uchun mo‘ljallangan raketa ustida ishlarni boshladi 01 mar, 09:00 125
  • Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi 01 mar, 08:30 206
  • Chexiya prezidenti Putindan «Sputnik V» so‘radi 01 mar, 08:00 222
  • Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi 01 mar, 07:00 726
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 885
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 622
  • Bo‘limlar