“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:54
ЎЗO‘Z

Quruq yo‘tal. Sabablar va davolash usullari

24 noya, 14:50 4 897 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quruq yo‘tal. Sabablar va davolash usullari Yoz-u qish, shuningdek, bahor va kuzda quruq yo‘tal tinkani quritishi mumkin. Ammo shuni bilish lozimki, bu muayyan bir kasallik hisoblanmaydi, balki qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan refleks. Kishi yo‘talganda, havo yo‘llarini tozalashga harakat amalga oshadi, xolos.

Qizig‘i shundaki, quruq yo‘tal 50dan ortiq kasalliklarga tegishli bo‘lgan juda keng tarqalgan alomatdir, shuning uchun uzoq muddatli quruq yo‘talning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin.

Sabablar
Quruq yo‘tal yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan birga kechadi. Gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash paytida namlantiriladi va balg‘am ko‘chishi bilan yo‘qoladi.

Uzoq muddatli quruq yo‘talga traxeit (nafas yo‘li yallig‘lanishi), faringit (tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishi), bronxit (bronxlar, nafas yo‘llari yallig‘lanishi) va pnevmoniya (zotiljam) sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, nafas olish tizimining holati atrof-muhit va yomon odatlarga nisbatan ta’sirchan hisoblanadi va natijada quruq yo‘tal kelib chiqadi: xonada namlik yetarli bo‘lmasligi, konditsionerdan foydalanish, chekish va noto‘g‘ri ovqatlanish.

Bemorning o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyatsizligi tufayli uzoq muddatli quruq yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni shamollash asoratlarini oxirigacha davolamaslik, o‘zboshimchalik bilan harakat qilish, kasallikning ilk namoyon bo‘lishidayoq balg‘am ko‘chiruvchi vositalardan foydalanish.

Quruq yo‘talning noodatiy sabablari orasiga me’da shirasi kislotaliligi buzilishini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, quruq yo‘tal yurak yetishmovchiligida ham kuzatiladi.

Davolash
Agar quruq yo‘tal gripp yoki o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan og‘riganingizdan keyingi bir haftadan ko‘proq vaqt davomida sizni bezovta qilsa, shifokorga borishingiz kerak.

Avvaliga terapevt bilan maslahatlashing. Shundan so‘ng u sizni LOR mutaxassisi, pulmonolog, kardiolog, nevrolog, gastroenterolog qabuliga yuborishi yoki darhol davolashni boshlashi mumkin.

Quruq yo‘talni mustaqil davolash haqida gap bo‘lishi mumkin emas: bemor xavfli patologiyaning rivojlanishini o‘tkizib yuborishi yoki uning o‘tishini yomonlashtirishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 176
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 59
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 127
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar