“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 08:29
ЎЗO‘Z

Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi

21 noya, 21:30 2 631 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi Foto: ABC News
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp Amerikada 2020 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovlarida demokratlar vakili Jozef Baydenning g‘alaba qozonishiga har tomonlama to‘sqinlik qiladi. Bu haqda AQSh sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenning o‘zi ABC News kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning bunday xulosaga kelishiga Trampga e’lon qilingan impichment jarayonining borishi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham uning prezidentlikka saylanishiga qarshi ekanligi sabab bo‘lgan.

«Birinchidan, Donald Tramp mening demokratlar vakili sifatida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishimni istamasligini tushundim. Bu yaqqol bilinib turibdi. Ikkinchidan, Vladimir Putin ham mening prezident bo‘lishimga qarshi», — deya ta’kidlagan Bayden.

Trampga impichment e’lon qilish jarayoni 24 sentyabrda boshlangan. Ushbu harakatning boshlanishiga AQSh prezidentining Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati davomida unga bosim o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Demokratlarning fikricha, suhbat davomida Tramp Zelenskiydan Jozef Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenning korrupsiyaga aloqadorligi yuzasidan tergov o‘tkazishini talab qilgan. Keyinroq Oq uy tomonidan suhbatning stenogrammasi e’lon qilingan. Noyabr boshida AQSh kongressida impichment yuzasidan ochiq eshituvlar boshlangan.

20 noyabrdagi eshituvda AQSh podpolkovnigi Aleksandr Vindman Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Danilyukning unga mamlakat mudofaa vaziri lavozimini taklif etganini ma’lum qilgan, Danilyuk esa bu shunchaki hazil bo‘lganligini bildirgani haqida xabar berilgandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Senat Trampning impichmentiga qarshi ovoz berdi. Prezident o‘z lavozimida qoldi 06 fev, 09:30
  • Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi 10 okt, 06:00
  • Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi 02 okt, 17:43
  • Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi 26 sen, 10:42
  • Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e’lon qilinishi mumkinligi aytildi 23 sen, 06:00
  • Bayden: Trampga yadroviy arsenalni ishonib bo‘lmaydi 02 sen, 14:25
  • So'nggi yangiliklar
  • Abramovning chiroyli ibtidosi sharmandali intiho bilan yakunlandi 17 iyun, 23:41 340
  • Esingizdan chiqmasin, terma jamoa - bu xalqniki! Navbatdagisi shunchaki muvaffaqiyatsizlik emas, bunga kim javob beradi? 17 iyun, 23:19 915
  • Murod Rizayev: Abramovning eng asosiy xatosi – yettinchi qit’ani kashf qilgani 17 iyun, 22:30 1 179
  • MIB: Oqoltin tumanida uch yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi 17 iyun, 22:06 499
  • Ishdan keyin oyoq og‘rishining asosiy sabablari va bundan xalos bo‘lish yechimlari 17 iyun, 21:30 704
  • Kolbasa o‘g‘risi qo‘lga tushdi 17 iyun, 21:16 597
  • Erkaklar salomatligi uchun juda foydali mahsulot 17 iyun, 21:14 994
  • Fatvo hay’ati: «Chigirtka halol. Ko‘ngli ko‘targan bemalol yeyishi mumkin» 17 iyun, 19:45 892
  • Putin va Bayden uchrashuvda bir-biriga qanday sovg‘a bergani ma’lum bo‘ldi 17 iyun, 19:01 1 158
  • «Endi har bir xonadonga biznes-reja yozib beriladi» — Prezident 17 iyun, 18:30 482
  • Ochiqlik sari katta qadam. Prezident farmoni e'lon qilindi 17 iyun, 17:47 1 169
  • Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi? 17 iyun, 17:17 1 105
  • Bo‘limlar