“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:26
ЎЗO‘Z

«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi

13 noya, 11:52 5 726 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746–XII-sonli Qonuni 10-moddasining (Prokuratura organlarining tizimi) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”.

Ushbu moddaning ikkinchi qismi shu paytgacha quyidagi tahrirda edi:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”.

18-2-modda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari) chiqarib tashlandi.

46-modda quyidagi tahrirda bayon etildi:
“46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.

Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi”.

50-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar