“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 18:26
ЎЗO‘Z

Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar ma’lum qilindi

03 noya, 10:04 5 537 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar ma’lum qilindi Foto: Getty Images
Kuz kelib, havo o‘zgaruvchan bo‘lib qolgan bir paytda parhezshunoslar immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi muayyan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Ularning ta’kidlashicha, S vitamini taqchilligi immunitetni pasaytirishi mumkin. Shu sababli shamollamaslik uchun uning miqdorini me’yorida ushlab turish lozim.

“Aksariyat odamlar sitrus mevalar С vitamini bo‘yicha chempion, deb o‘ylaydilar. Aslida bunday emas. S vitamini bulg‘or qalampiri va tuzlangan karamda ancha ko‘proqdir. Ularda apelsindan ko‘ra 10 marta ko‘proq S vitamini bor”, deb aytmoqda parhezshunos shifokor Sergey Oblojko.

Shuningdek, mutaxassislar mevalar va rezavorlar iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Mavsumning bu vaqti rezavor mevalarni topish qiyinroq bo‘lsa-da, ular muzlatilgan holatda ham birdek foydalidir.

Shuningdek, yorqin rangdagi sabzavotlar, misol uchun, sabzi, ko‘katlarni xom yoki biroz termik ishlangan holatda iste’mol qilish ham foydalidir.

Immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun yong‘oq, javdar unidan tayyorlangan non, avokado, tuxumning sarig‘ini iste’mol qilish koni foyda. Ular Ye vitaminiga boy bo‘ladi.

Rux moddasi saqlovchi mahsulotlar ham shamollashimizga yo‘l qo‘ymaydi.
“Ertalab 30 gramm yong‘oq – bu yetarli miqdordir. Bu miqdorda mikroelementlar va foydali yog‘lar yetarli bo‘ladi va xavfsiz kaloriya hisoblanadi”, deb aytmoqda parhezshunos.

Yog‘li ovqatlar, konservalangan, marinadlangan mahsulotlar, qahva, spirtli ichimliklardan esa voz kechishga to‘g‘ri keladi. Organizm yuqori kaloriyali ovqatni hazm qilishda ko‘proq energiya sarflaydi, spirtli ichimliklar esa foydali komponentlarning o‘zlashtirilishini sekinlashtiradi.
immunitet, vitamin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 52
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 231
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 134
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 233
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 355
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 2
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 28
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 20
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 50
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 195
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 135
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Bo‘limlar