“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 02:01
ЎЗO‘Z

2019 yil boshidan buyon 173 ming fuqaro xorijga vaqtincha ishlash uchun rasman yuborilgan

30 okt, 21:42 1 683 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yil boshidan buyon 173 ming fuqaro xorijga vaqtincha ishlash uchun rasman yuborilgan Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
2019 yilning 9 oyi davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklari 173 ming fuqaroni xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborishga ko‘maklashgan.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 38 foizga oshgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlikka mehnatga ketayotgan fuqarolarga kasbiy malakani berish bo‘yicha bugungi kunda respublikada 11ta markaz faoliyat yuritmoqda.

«Shundan 2tasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufida, 9tasi xususiy bandlik agentliklarida. Bu markazlarda bugungi kungacha 5 mingga yaqin fuqarolarimiz chet elga ketishdan oldin ko‘nikmalarga moslashtirildi», – dedi Husanov chorshanba kuni Senat qo‘mitasi majlisida.

Mehnat vaziri o‘z axborotida Janubiy Koreyaning Kvanju va Rossiyaning Moskva shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ochilganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Bu ikki vakolatxona tomonidan bugungi kungacha 17,5 ming fuqaroning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatildi. Bugungi kungacha 355 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘lanmagan oylik ish haqlari undirib berildi», – deb ma’lum qildi Nozim Husanov.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jabr ko‘rganlar Bosh Vazir bilan ko‘rishdi - mablag‘lar to‘lab beriladigan bo‘ldi 17 fev, 20:42
  • Mehnat vazirligi Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilar uchun talablarni e’lon qildi 01 fev, 10:48
  • O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagida bo‘lganlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi 16 yanv, 09:57
  • Xorijga ishlashga ketayotgan o‘zbekistonliklarga 2 million so‘mgacha qarz beriladi 29 noya, 10:05
  • Kudbiyev: "Migrantlar mavzusi ko‘p yillar yopiq mavzu bo‘lgan" 05 iyun, 10:50
  • Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan samarqandliklar uchun xushxabar 23 mar, 09:52
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 195
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 253
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 113
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 384
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 446
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 909
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 1 116
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 871
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 204
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 350
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 700
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 678
  • Bo‘limlar