“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:41
ЎЗO‘Z

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. U sobiq jahon chempionligiga da’vogar bilan jang qiladi

28 okt, 11:13 1 936 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. U sobiq jahon chempionligiga da’vogar bilan jang qiladi Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning (2-0, 2 KO) bo‘lajak jangdagi raqibi o‘zgardi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ukrainalik Ismail Sillahga (27-6, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. To‘qnashuv 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul «Kanelo» Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining «Garden Arena»sida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Sillah o‘rta tajribali bokschi bo‘lib, 2013 yilda yarim og‘ir vazn toifasi WBO jahon chempionlik kamari uchun aynan Sergey Kovalyovga qarshi ringga chiqib, imkoniyatni boy bergandi.

Oldinroq, Meliqo‘ziyevning fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan N‘Dam N‘Jikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi va bu jang 10 raunddan iborat bo‘lib, super o‘rta vazn toifasining WBA InterContinental chempionlik kamari uchun kechishi haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jang sanasi ortga surilgan. Meliqo‘ziyev sobiq chempionga qarshi avval belgilanganidek, 26 noyabr kuni ringga chiqishi rejalashtirilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi 14 fev, 13:23
  • Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi 28 yanv, 20:05
  • Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi 09 dek, 17:39
  • Bektemir Meliqoʻziyevning navbatdagi jang sanasi maʼlum boʻldi 21 noya, 15:25
  • Bektemir Meliqo‘ziyev hech bir o‘zbek bokschisi qilmagan ishni qilmoqda 10 okt, 14:30
  • Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi 27 sen, 23:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 527
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 588
  • Bo‘limlar