“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 11:14
ЎЗO‘Z

Futzalchilarimiz OCh-2020 saralash o‘yinini guruhda 1-o‘rin bilan yakunladi

28 okt, 08:30 3 611 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futzalchilarimiz OCh-2020 saralash o‘yinini guruhda 1-o‘rin bilan yakunladi Saralash uchrashuvlarida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari muddatidan avval maqsadlariga erishib bo‘lgandi, o‘zaro o‘yin esa faqat guruh g‘olibligini aniqlab berishi lozim edi.

O‘yinning dastlabki uchinchi daqiqasidayoq tojikistonliklar tezkor ikkita gol urishib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. Lekin bu holat ham terma jamoamiz a’zolarini sarosimaga solmadi, hafsalalarini pir qilmadi. Aksincha, hushyorliklarini oshirishga, maqsad sari dadil intilishga xizmat qildi. Birinchi bo‘limning o‘zida futzalchilarimiz nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki uchta to‘p farqi bilan oldinga o‘tishdi ham. Ikkinchi bo‘lim ham butunlay yigitlarimiz tashabbusi va hujumkorligida o‘tdi. Buni qayd etilgan hisob ham tasdiqlab turibdi – 9:3.

Shu tariqa futzal terma jamoamiz kelasi yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatining final bosqichiga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.
O‘zbekiston (asosiy tarkib): Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Xusniddin Nishonov, Sunnatullo Jo‘rayev.
Zaxira: Rustam Umarov, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Shahzod Sa’diyev, Dilshod Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Davron Choriyev, Akbar Usmonov, Dilmurod Jumayev. Gollar: Akbar Usmonov (8, 16), Husniddin Nishonov (15), Dilshod Rahmatov (18), Davron Choriyev (19, 26, 28), Xushnur Erkinov (26), Dilmurod Shavkatov (29) - Bahodir Xo‘jayev (1, 3), Rahmonali Sharipov (31).

Manba: uza.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati-2020ga chiqdi 25 okt, 00:11
  • O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishadi 04 okt, 19:02
  • Futzal, OCh. O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval chorak finalga chiqdi 03 fev, 19:30
  • Futzal, OCH. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi 01 fev, 15:53
  • Ashxobod-2017. Futzalchilarimiz finalda! 24 sen, 22:12
  • Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi 13 okt, 13:55
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bravo"chi Shahlo taksi haydovchisiga atirini sovg‘a qildi (video) 12 мая, 10:54 0
  • Shahram G‘iyosov onasining tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz uyushtirdi (video) 12 мая, 10:30 0
  • Qozonda o‘quvchini qutqarishga uringan yosh o‘qituvchi halok bo‘lgan 12 мая, 10:00 0
  • Toshkentda homilador ayolni sarson qilgan tibbiyot xodimlari vazifasidan ozod etildi 12 мая, 09:26 117
  • Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi 12 мая, 09:00 210
  • O‘zbekistonda aprel oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi? 12 мая, 08:30 39
  • Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi 12 мая, 08:00 119
  • Isroil zarbasidan keyin G‘azo sektoridagi 13 qavatli bino qulab tushdi 12 мая, 05:20 722
  • Marg‘ilonda sotilayotgan ellik dollarlik pullar suvenir bo‘lib chiqdi 12 мая, 00:20 1 030
  • Olimlar Quyosh tizimida yangi subneptun sayyorani aniqladi 11 мая, 23:53 1 007
  • G‘azo sektori va Isroil bir-biriga yuzlab raketalar bilan zarba berdi 11 мая, 23:34 1 439
  • Britaniyada AstraZeneca’ga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi 11 мая, 23:18 1 114
  • Bo‘limlar