“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:47
ЎЗO‘Z

Shota Arveladze: "Ertaga jangovor tarkibni maydonga tushiramiz"

25 okt, 21:11 2 645 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shota Arveladze: "Ertaga jangovor tarkibni maydonga tushiramiz" Xabaringiz bor ertaga “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun final oldidan har ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
-Birinchi navbatda noodatiy tarzda tashkil etilgan matbuot anjumani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular allaqachon chempionlardir! Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman. Ular bizni mavsum davomida hamma joyda qo‘llab-quvvatlashdi.

O‘tgan mavsum biz AGMKga finalda yutqazgan edik. Biz bu safar biz revansh olishimiz kerak.

Aytishim mumkinki ertangi o‘yinda bizga ham, raqibga ham qiyin bo‘ladi. “Paxtakor” hujumkor futbol ko‘rsatadi, muxlislarimiz ham bizdan shunday futbol kutishadi. Ammo, hammasini ertaga maydonda ko‘ramiz.

O‘yinning poytaxtda yoki viloyatda o‘tkazilishi u qadar muhim ahamiyatga ega emas. Muhimi futbol o‘ynash uchun maydonning ajoyib holatda bo‘lishi, stadion muxlislar bilan to‘lishi va ajoyib atmosfera bo‘lishidadir.

Ertaga jangovor tarkibda maydonga tushamiz. Yosh futbolchilarga esa imkoniyat bo‘lsa, vaziyatga qarab maydonga tushiramiz.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – AGMK uchrashuvi ertaga Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida soat 17:00da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 125
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar