“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2021, 04:15
ЎЗO‘Z

Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi

22 okt, 14:50 1 584 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Salkam 2 kilogramm zargarlik buyumlarining olib kirilishi fosh qilindi Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, fuqaro A.S. qo‘l sumkalarining turli burchaklariga zarqog‘ozga o‘rab joylashtirib, umumiy qiymati 38,5 million so‘mlik 1924,62 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi.

Yana bir holat “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.G.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, umumiy qiymati 3,3 million so‘mlik, og‘irligi 109 gramm bo‘lgan kumush va tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirayotgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • «Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor 23 mar, 21:22
  • Mast fuqaro 79 yoshli qariyani urib, qoʻlidagi uzugini olib qochdi (video) 03 dek, 20:50
  • Tadbirkorlar uchun: Bojxonalarda “yashil” va “koʻk” yoʻlaklar ishga tushirildi (foto) 01 mar, 22:50
  • 16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimov Turkiyada qo‘lga olindi (video) 20 iyul, 20:07
  • 23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi 19 iyul, 08:30
  • Tovlamachilik qilayotgan “Telegram” kanali adminlari qo‘lga olindi 30 мая, 12:55
  • So'nggi yangiliklar
  • Uxlashdan avval nima qilib bo‘lmaydi? 25 fev, 00:23 204
  • Rossiyalik milliarder Roman Abramovich uchun 145 metrlik yaxta qurilmoqda (video) 24 fev, 23:55 191
  • Habib Nurmagomedov otasining ushalmagan orzusini aytdi 24 fev, 23:23 163
  • Bahodir Jalolov Bolgariyada ilk jangini o‘tkazdi 24 fev, 23:09 306
  • “Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboyev esa... 24 fev, 22:57 259
  • Besh nafar bokschimizdan to‘rt nafari g‘alabaga erishdi 24 fev, 22:35 271
  • Dilshodbek Ro‘zmetov "Stranja" turnirida ikkinchi jangini o‘tkazdi 24 fev, 22:29 193
  • Tadbirkorlar foydasiga qarzdorliklar undirilmoqda 24 fev, 22:15 171
  • Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz futzalchilarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi 24 fev, 21:52 235
  • 30 mln. so‘mlik aliment sabab qarzdor otaga chora ko‘rildi 24 fev, 21:50 155
  • Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi 24 fev, 21:36 286
  • O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi? 24 fev, 21:18 507
  • Bo‘limlar