“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:31
ЎЗO‘Z

Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi

20 okt, 08:47 2 507 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampning maslahatchisi Poroshenko va uning atrofidagilarni 1,5 mlrd dollarni o‘g‘irlashda aybladi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va uning atrofidagilar Viktor Yanukovichning atrofidagilardan olib qo‘yilgan 1,5 mlrd dollarni o‘zaro bo‘lishib olgan. Bu haqda kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan amerikalik milliarder va AQSh prezidenti Donald Trampning shtatdan tashqari maslahatchisi Sem Kislin ma’lum qildi.

"Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagilardan musodara qilingan qariyb 1,5 mlrd dollar pulni Pyotr Poroshenko va uning yaqinlari bo‘lishib olgan", - deya Kislindan iqtibos keltiradi "112 Ukraina".
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu pullar Yanukovichga emas, boshqalarga tegishli bo‘lgan".

Kislinning aytishicha, bu pullar Ukraina byudjetiga o‘tkazilmagan. 503 mln dollar Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari Oleg Gladkovskiy orqali Poroshenko hisobiga o‘tkazilgan. 300 mln dollar sobiq bosh prokuror Yuriy Lutsenkoga, yana 20 mln dollar milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sobiq kotibi Aleksandr Turchinov hisobiga o‘tkazilgan.

Kislin bu so‘zlarini hujjat bilan tasdiqlashi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Kislin Poroshenko prezidentlik yillari davomida mamlakatdan kamida 8 mlrd dollar mablag‘ni olib chiqib ketganligini aytgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 202
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar