“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 14:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uylar asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilgani tan olindi

18 okt, 10:18 2 281 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uylar asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilgani tan olindi Moliya vazirligida aholi keng qatlamlari uchun arzon uy-joylarni qurish masalalari yuzasidan xususiy qurilish tashkilotlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, u uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada rivojlantirish, shuningdek ipoteka kreditlash mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga uy-joy qurilishi sohasida olib borilayotgan davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, shu qatorda xususiy qurilish kompaniyalarini jalb qilish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish orqali uy-joy qurilishi sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, xususiy qurilish kompaniyalari vakillari uy-joylarni moliyalashtirish tizimi, narxlarni belgilash mexanizmlari, import qilingan va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, xonadonlar sotilishi holati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.

Bundan tashqari, uy-joy qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan qurilayotgan turar-joy komplekslari asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv chog‘ida xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan aholining keng qatlamlari, shu jumladan, uy-joylar uchun subsidiyalar mexanizmlari doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun ham mavjudligi masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda bozor tamoyillari asosida aholining barcha toifalari uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Yangi tizim: Aholiga arzon, sifatli va innovatsion uylar quriladi 28 okt, 22:18
  • Prezident ipoteka krediti bozoriga oid farmonni imzoladi 14 мая, 11:08
  • 2019 yilda O‘zbekistonda bo‘yicha 355 ta ko‘p qavatli arzon uy quriladi 04 fev, 18:18
  • Prezident avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi qarorni imzoladi 30 noya, 09:50
  • Prezident Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi 10 fev, 12:25
  • O‘zbekistonda yo‘l inspeksiyasi yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan bo‘ldi 08 apr, 19:27
  • So'nggi yangiliklar
  • DXX 22 yashar qizni Ummon davlatiga sotib yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi 04 mar, 13:30 25
  • 5 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 04 mar, 13:00 298
  • Bu yil Navro‘z bayramida necha kun dam olish kuni bo‘ladi? 04 mar, 12:33 321
  • Mehnat muhojirligi uchun eng yaxshi mamlakat nomi ochiqlandi 04 mar, 12:08 433
  • Marsga parvoz uchun mo‘ljallangan kosmik kema qo‘nish paytida portlab ketdi 04 mar, 11:43 361
  • Davlat organlarida monopoliyaga qarshi kurashish tizimi joriy etiladi 04 mar, 11:14 236
  • «Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev 04 mar, 10:43 300
  • Jizzaxda 3 nafar ayolni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natayotgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi 04 mar, 10:15 511
  • 2021 yilda demokratiya qamal ostida qolishi mumkin 04 mar, 09:47 540
  • Ipoteka krediti bo‘yicha katta imtiyozlar beriladi 04 mar, 09:23 913
  • Qabulda aniqlangan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taklif berildi 04 mar, 08:58 344
  • A Seriya. Eldor Shomurodov 82 daqiqa o‘ynagan bahsda «Jenoa» g‘alabani qo‘ldan chiqardi 04 mar, 08:28 488
  • Bo‘limlar