“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:35
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Turkiy kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi

12 okt, 19:50 2 769 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Turkiy kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14—15 oktyabr kunlari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.

Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Turkiy kengash sammitida ilk bor 2018 yil sentyabrida qatnashgan edi. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tgan sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 0
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 40
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 93
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar