“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 10:14
ЎЗO‘Z

Bektemir Meliqo‘ziyev hech bir o‘zbek bokschisi qilmagan ishni qilmoqda

10 okt, 14:30 4 799 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bektemir Meliqo‘ziyev hech bir o‘zbek bokschisi qilmagan ishni qilmoqda Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev yilning eng markaziy boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan N‘Dam N‘Jikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lib super o‘rta vazn toifasining WBA InterContinental chempionlik kamari uchun kechadi.

Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul «Kanelo» Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining «Garden Arena»sida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Hassan N‘Dam N‘Jikam faoliyati davomida 41ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning faqatgina to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan va bu to‘rttala jang ham jahon chempionlik kamarlari uchun kechgan. WBA yo‘nalishi bo‘yicha uch marta vaqtinchalik, bir marta esa mutlaq jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. WBO yo‘nalishi bo‘yicha ham vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. So‘nggi marta u 4 oy muqaddam super o‘rta vazn toifasining yetakchisi Kallum Smitga (26-0, 19 KO) qarshi WBA va WBC jahon chempionlik kamarlari uchun ringga chiqib imkoniyatni boy bergandi.

Ayni vaqtda N‘Jikam bokschilarning rasmiy statistika ma’lumotlarini yurituvchi yetakchi Boxrec portali reytingida 10 o‘rinda bormoqda. Ma’lumot uchun, hali faoliyatini davom ettirayotgan biror-bir o‘zbekistonlik bokschi bu darajadagi yuqori o‘rinda turgan bokschiga qarshi ringga ko‘tarilmagan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Professional boks olamida super to‘qnashuvlar bo‘ladi (foto) 14 mar, 10:03
  • Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi 15 fev, 10:41
  • Bir kun qolganda Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi 14 fev, 13:23
  • Bektemir Meliqo‘ziyev 15 fevral tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi 13 fev, 17:37
  • Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi 05 мая, 19:51
  • Rio-2016, boks. Bektemir Meliqo‘ziyev finalga chiqdi 19 avg, 00:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 65
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 175
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 251
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Rossiya Ukrainaga bostirib kiradimi? 17 apr, 23:23 1 484
  • Bo‘limlar