“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 10 2024, 06:08
ЎЗO‘Z

Daniyaliklar «O‘zbekkino»ni kino ishlab chiqarish sohasida mintaqaviy yetakchiga aylantirmoqchi

09 okt, 23:36 3 215 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Daniyaliklar «O‘zbekkino»ni kino ishlab chiqarish sohasida mintaqaviy yetakchiga aylantirmoqchi Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
«O‘zbekkino» milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida «O‘zbekkino» milliy agentligi va Daniyaning Danmon Group kompaniyasi o‘rtasida «O‘zbekfilm» kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi.

Loyihada «O‘zbekfilm»ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.

«Yangi jihozlar yordamida O‘zbekiston va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritamiz», — degan «O‘zbekkino» rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Canon, Apple, Vicon va shu kabi boshqa kompaniyalar O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishga imkon beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 571
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 154
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 234
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 95
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 93
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 53
  • So'nggi yangiliklar
  • "Borussiya D" YECHL finalida "Real"ga mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi... 10 мая, 01:42 86
  • Bahslari tugamayotgan o‘yindagi eng shubhali qaror bo‘yicha ekspertlar xulosasi chiqdi 10 мая, 01:36 115
  • Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi 10 мая, 01:31 37
  • Testni yechgandan keyin yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt beriladi 09 мая, 23:17 33
  • Saudiya Arabistoni Haj mavsumida uchar taksi va dronlarni sinovdan o‘tkazadi 09 мая, 23:00 28
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 84
  • Jahonga mashhur shaxslar va ularning oila a’zolari (foto) 09 мая, 22:02 123
  • Indoneziya U-23 Gvineyaga yutqazib qo‘ydi va Olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi 09 мая, 21:46 214
  • Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 09 мая, 21:24 39
  • Donetskdagi harbiy to‘qnashuvda Ukrainaning 215 nafar askari halok bo‘ldi 09 мая, 21:00 560
  • Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi 09 мая, 20:37 63
  • Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi 09 мая, 20:00 152
  • Bo‘limlar