“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 21:38
ЎЗO‘Z

Yerdan 31 yorug‘lik yili masofasida Yupiterning sirli «egizagi» tug‘ildi

30 sen, 22:55 2 454 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yerdan 31 yorug‘lik yili masofasida Yupiterning sirli «egizagi» tug‘ildi Foto: «E-vesti.ru»
Ispaniyalik astronomlar (Kalar-Alto observatoriyasi) kutilmaganda o‘lchamlari va tuzilishi Yupiterga o‘xshab ketadigan yangi sayyorani aniqlashdi. Kataloniya kosmik tadqiqotlar instituti astronomlari rahbari Xuan Karlos Moralesning aytishicha, sayyora ulkan gaz massalaridan shunchalik favqulodda tez shakllanishga ulgurganki, tadqiqotchilar buni payqamay ham qolishgan.

Fazoviy jism nega ilgari ko‘rinmagan ekan? Tadqiqotchilar uni Quyosh tizimining eng katta sayyorasi — Yupiterga o‘xshatishyapti.
Sayyora massasi Quyosh masassining 12 foiziga teng uncha katta bo‘lmagan GJ 3512 yulduzini aylanmoqda. Bizning 365 kunimiz bu sayyorada 200 kun davom etadi.

Ispaniyalik hamkasblarining topilmasi yangiligini Germaniyaning Maks Plank astronomiya instituti astrofiziklari jamiyati ham tasdiqladi. Endi olimlarni bir narsa o‘ylantiryapti — kutilmaganda ulkan gaz gigantining tug‘ilishi barcha sayyoralarning yuzaga kelishi borasidagi shu paytgacha amalda bo‘lgan modellarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Yangi sayyoraning massasi o‘ta ulkan — eng xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, kamida «o‘zimizning» Yupiterning yarmicha keladi. Endi olimlar teleskoplardan olingan ma’lumotlarni tekshirishga tushishadi: gazli gigantlarda hayot bormi, ularda, masalan, odamga o‘xshash mavjudotlar yashay oladimi va h.k.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Astronomlar galaktikamizda yashiringan qora tuynukni topishdi 01 mar, 18:13
  • Quyosh tizimining chetida yangi mitti sayyora topildi 03 okt, 10:02
  • NASA ikki kun ichida Yerga oʻxshaydigan 2 ta sayyorani aniqladi 21 sen, 15:05
  • Uchta yangi sayyora kashf qilindi 16 iyun, 00:30
  • Turkiyalik olimlar birinchi marta yangi sayyora kashf qildi 26 avg, 20:31
  • NASA "X sayyora" mavjudligini rasman tasdiqladi 10 avg, 21:41
  • So'nggi yangiliklar
  • Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli 24 okt, 20:30 0
  • Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas 24 okt, 20:00 0
  • Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi 24 okt, 18:48 142
  • AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi 24 okt, 18:38 90
  • Superliga. «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni taslim etdi 24 okt, 17:27 103
  • Joze Mourino: “Roma” xo‘jayinlari bir uyum axlat qoldirgan! 24 okt, 17:00 214
  • Turkiyada o‘nta davlat elchilari «qora ro‘yxatga» kiritildi 24 okt, 16:30 191
  • Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar 24 okt, 16:23 197
  • “Bizga Rossiya harbiy bazasining o‘zi yetadi” – Sadir Japarov 24 okt, 15:21 264
  • Ichki ishlar vaziri saylovda qancha mahbus qatnashayotganini ma’lum qildi 24 okt, 15:19 191
  • AQSH Tojikistondagi afg‘on uchuvchilarini tezroq olib ketmoqchi 24 okt, 14:30 236
  • AQSHda «eng daxshatli» jinoyatchi qamoqqa olindi 24 okt, 14:12 338
  • Bo‘limlar