“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 20:24
ЎЗO‘Z

Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi

26 sen, 10:42 2 504 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Trampning 25 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan suhbati matnini (.pdf) e’lon qildi, deya xabar bermoqda Daryo.

Suhbat matnidan ma’lum bo‘lishicha, Tramp Zelenskiydan Jo Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya ishini tergov qilishni so‘ragan (AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden ayni vaqtda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligi uchun eng asosiy nomzod bo‘lib turibdi).

«Jo Baydenning o‘g‘li haqida ko‘p gapirishyapti, emishki, Bayden tergovni to‘xtatgan va ko‘pchilik bu haqda bilishni xohlayapti, shunday ekan, bu borada bosh prokuror bilan birga chora ko‘rolsangiz, ajoyib bo‘lardi. Bayden ta’qibni to‘xtata olgani bilan maqtangan edi, shunday ekan, siz tergov qila olsangiz... Menimcha, juda jirkanch eshitilyapti», — deb aytgan Tramp suhbat vaqtida. Zelenskiy Ukraina rasmiylari bu ishni tergov qilishini aytgan.

E’lon qilingan stenogrammada qayd etilishicha, bu yerda Tramp va Zelenskiyning suhbati so‘zma-so‘z qog‘ozga tushirilmagan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Tramp suhbat vaqtida Ukrainadagi Baydenning o‘g‘liga tegishli kompaniya faoliyatini tergov qilishda ko‘mak ko‘rsatishi uchun Zelenskiyga go‘yoki bosim o‘tkazgani haqida yozgan edi. Trampning muxoliflari uni Baydenning o‘g‘liga qarshi surishtiruvni Ukrainaga beriladigan 250 million dollarlik yordam bilan bog‘laganlikda ayblab chiqqandi.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 25 sentyabr kuni Donald Trampni impichment qilish uchun asos bor-yo‘qligini belgilab beruvchi rasmiy jarayon boshlanganini e’lon qilgan edi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Jozef Bayden AQSh prezidentligiga saylanishi Putin va Trampga bog‘liqligini bildirdi 21 noya, 21:30
  • Tramp Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb aytib yubordi 29 okt, 09:15
  • Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi 10 okt, 06:00
  • Tramp va Zelenskiyning telefon suhbatidan xabardor yana bir kishi ko‘rsatma berdi 07 okt, 18:30
  • Zelenskiy Tramp iltimosiga ko‘ra Baydenga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi 01 okt, 10:43
  • Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e’lon qilinishi mumkinligi aytildi 23 sen, 06:00
  • So'nggi yangiliklar
  • "Roma"ga transferi sir tutilayotgan Eldor Shomurodov borasida ma’lumot 02 avg, 20:00 0
  • Yoshi kattalar tushundi va oila yarashdi 02 avg, 19:44 41
  • Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig‘iniga yetib bordi 02 avg, 19:20 99
  • Pashinyan Armaniston bosh vaziri etib tayinlandi 02 avg, 19:00 155
  • Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi 02 avg, 18:30 270
  • DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi 02 avg, 18:25 216
  • Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytdi, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida tergov qilinmoqda 02 avg, 17:44 366
  • Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi 02 avg, 17:13 398
  • Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video) 02 avg, 16:44 416
  • O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video) 02 avg, 16:13 174
  • Qoidabuzar Malibu’ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandir intizomiy jazoga tortildi 02 avg, 15:45 402
  • Biz kutgan Tokio va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan boks musobaqalari taxlili 02 avg, 15:15 594
  • Bo‘limlar