“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:30
ЎЗO‘Z

Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

24 sen, 20:34 3 186 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda quvvati 1,5 ming megavattga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda Buxoro viloyatida quvvati 1500 megavattga teng shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida G‘ijduvon tumanining Qutchi massivida shamol tezligini o‘lchash qurilmasi — machtalar ishga tushirildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

«Sohaga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, xorij davlati korporatsiyasi mutasaddilari, viloyat jamoatchiligi ishtirok etgan marosim avvalida Qur’on tilovat qilinib, boshlagan ish samarali kechishini tilab, duoga qo‘l qo‘l ochildi», — deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

O‘zAning yozishicha, shamol tezligini o‘lchash qurilma (machta)lari balandligi 120 metr bo‘lib, o‘rganishlar nihoyasiga yetishi bilan shu balandlikda loyihaning birinchi bosqichida har qaysisiga 35 metr o‘lchamdagi uchtadan yirik parrak o‘rnatilgan bir necha o‘nlab machta-qurilmalar quriladi.

Xitoyning Liaoning Lider kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 1,8 milliard dollarga teng bo‘lib, u uch bosqichda ro‘yobga chiqariladi. Loyihani amalga oshirish uchun G‘ijduvonning «Baraka» mahallasi hududidan 6 ming gektar yer ajratilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida 240 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga 200 megavatt (O‘zAning yozishicha esa — 500 megavatt) elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega shamol elektrostansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 2
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 6
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar