“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

Ko'z chaqchayishining sabablaridan biri - "Bazedov kasalligi"mi?

28 avg, 15:04 16 145 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko'z chaqchayishining sabablaridan biri - "Bazedov kasalligi"mi? Bazedov kasalligi (diffuz toksik buqoq) – tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi, tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘ladigan endokrin kasallik. Yengil va asoratlangan holda kechishi mumkin.

Nasliy moyillik, surunkali kasalliklar, autoimmun kasalliklar (qandli diabet, vitiligo), yod saqlovchi preparatlarni ko‘p iste’mol qilish kabilar ushbu kasallikning sabablari hisoblanadi.

Kasallikning belgilari quyidagilar:
- Ko‘z yoriqlarining kattalashishi;
- Ko‘zning bo‘rtishi(chaqchayishi);
- Ko‘zda quruqlashish va og‘riq;
- Konyuktivit;
- Buqoq bezi kattalashishi;
- Yurak tez urishi;
- Aritmiya;
- Nafas tezlashishi;
- Vazn tez kamayishi;
- Issiqlik sezish;
- Suyak mustahkamligi pasayishi.

Qon umumiy va bioximik tahlili, qon immunoferment analizi, buqoq bezi biopsiyasi, buqoq bezi UTTsi, stintigrafiya, refleksometriya usullar kasallikni aniqlashga yordam beradi.

Davolash uchun antitireoid preparatlar, radioaktiv yod bilan terapiya, jarrohlik amaliyoti – dori moddalarga allergiya yuzaga kelsa, qonda leykotsitlar miqdori kamayganda va yurak-qon tomir sistemasidagi o‘zgarishlar yuzaga kelganda qo‘llaniladi.

Gipertireoz, markaziy nerv sistema zararlanishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, mushak kuchsizligi, paralich, teri giperpigmentatsiyasi, tireotoksik kriz, yurak xuruji, insult kabi holatlar bazedov kasalligining asoratlaridir. Tireotoksik kriz 30-50% hollarda o‘limga olib keladi.

Nasliy moyilligi bo‘lganlar, 30-50 yoshdagi ayollar, qandli diabet va revmatoid artrit bilan kasallanganlar, homiladorlarda kuzatiladi.

Kasallikni oldini olish uchun stressdan saqlanish, ovqatda uglevod va yod miqdori yetarli bo‘lishi, buqoq bezi kasalliklarini vaqtida davolash kerak bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 55
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 147
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 315
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar