“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:13
ЎЗO‘Z

Shaxs ajralishi kasalligi

28 avg, 13:33 6 423 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shaxs ajralishi kasalligi Shaxs ajralishi (shaxs dissotsiativ buzilishi) – psixik kasallik bo‘lib, insonda ikkinchi shaxsning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Psixiatriyada ko‘plab dissotsiativ shaxs buzilishi nomli kasallik mavjud, bunda insonda bir nechta shaxslar “yashaydi”. Ba’zan shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, bir insonda yuzdan ortiq shaxs yashaydi.

SABABLARI:
Dissotsiatsiya – psixologik himoya mexanizmi bo‘lib, bunda inson o‘zi bilan sodir bo‘layotgan hodisalarni xuddi boshqa odam bilan bo‘layotganday qabul qiladi.
Shaxs ajralishi sabablari quyidagilar:
- Og‘ir psixologik travmalar;
- Fizik zo‘rovonlikni boshdan o‘tkazganlar;
- Yoshligida emotsional zo‘riqishlarni o‘tkazganlar;
- Uzoq vaqt uyqusiz holatda bo‘lish.

BELGILARI:
Shaxs ajralishi sindromi quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin:
• bemorda ikki va undan ortiq shaxsning “yashashi”;
• shaxsning har biri davriy ravishda o‘z “egasi” ustidan nazoratni qo‘lga oladi;
• uzoq vaqtli xotiraning buzilishi;
• vaqtdagi uzilishlar;
• kayfiyatning birdaniga o‘zgarishi;
• panik hujumlar (ataka);
• derealizatsiya hissi;
• uyquning buzilishi;
• bezovtalik;
• ovqatdan bosh tortish;
• gallyutsinatsiyalarning paydo bo‘lishi.

DIAGNOSTIKA:
Shaxsning dissotsiativ buzilishini qanday davolash borasida psixoterapevt quyidagi tekshiruvlarni o‘tkazadi:
• elektroensefalografiya;
• bosh miya kompyuter tomografiyasi;
• bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi;
Ushbu kasallikni shizofreniya, deliriy, aqliy zaiflik, shaxs buzilishlari va demensiyadan farqlash lozim.

DAVOLASh:
Shaxs ajralishini davolashda quyidagilar qo‘llaniladi:
• antidepressantlar;
• trankvilizatorlar;
• neyroleptiklar;
• psixoterapevtik davo;
• gipnoz.
Davolash kursi uzoq vaqt davom etadi, ko‘pincha umrbod davolanadi.

ASORATI:
Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, quyidagi asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi:
• amneziya;
• depressiya;
• depersonalizatsiya.
Suitsid (o‘zini o‘zi o‘ldirish) holatlari ham uchrashi mumkin.

Shaxs ajralishi ko‘proq ayollarda, bolaligida ruhiy travmalarni o‘tkazganlar, spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni qabul qilganlarda kuzatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 174
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 58
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 197
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 152
  • Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat 29 apr, 20:30 321
  • Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar 29 apr, 14:16 126
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar