“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi

26 avg, 14:55 3 873 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritiladi «Yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanganligi uchun javobgarlik choralarini oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi:

229-1-modda (Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish):
- birinchi qismi sanksiyasidagi «eng kam ish haqining» degan so‘zlar «bazaviy hisoblash miqdorining» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».

229-4-modda (Yer berish tartibini buzish) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«229-4-modda. Yer berish va (yoki) yerlarni olib qo‘yish tartibini buzish
Yer berish va (yoki) yerlarni olib qo‘yish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda berish tartibini buzilishiga yoki yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa;
v) foydalanishga kiritilgan va (yoki) yangidan o‘zlashtirilgan yerlarni asossiz olib qo‘yilishiga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 140
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 220
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 263
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar