“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 11:09
ЎЗO‘Z

Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi"

18 avg, 20:15 1 413 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Shipilov: "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi" Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi bahsga juda jiddiy tayyorlangandik. Raqibning kuchli tomonlarini yaxshi bilardik. Gadoyev va Tursunov kabi futbolchilarning asosiy tarkibda tushishlari men uchun biroz kutilmagan hol bo‘ldi. Biz o‘z taktikamiz va strategiyamizga 75-daqiqaga qadar to‘liq rioya qildik. Ha "Bunyodkor" katta tashabbusga ega bo‘ldi, ammo 75-daqiqaga qadar darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyat sodir etilmadi. Bugungi natija adolatli va "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, - deydi Shipilov.

- Jamoada tajribali futbolchilar bor, ammo ular o‘z saviyasida o‘ynay olishmayapti.
- Bu savolingizda biroz haqiqat bor. Ammo masalan, Kamoliddin Tojiyev, Server Jeparov, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev kabi futbolchilar o‘z vazifalarini to‘liq bajarishmoqda. To‘g‘ri balki qayerdadir yorqin o‘ynashmayotgandir. Bugun Muzaffarov gol urishi mumkin edi. Biz Jeparovni atayin asradik, chunki "Jar" maydoni u qadar yaxshi emasligini bilardik.

- Lobanov oldingidan yaxshi o‘ynamoqda, kam gol o‘tkazmoqda. U bilan alohida ishlanmoqdami?
- Istalgan sportchi, futbolchida qiyin damlar bo‘ladi. Pasayish bo‘ladi. Lobanovni jarohatidan keyin o‘z safimizga qo‘shib olgandik. Jamoamizda darvozabonlar bilan Alisher Ahmedov ishlaydi. Bundan tashqari u anchadan buyon maydonga tushmagani uchun ham o‘yinni sog‘inib qolgan.

- Jamoa hujumda faqat qanotdan hujum qiladi. Nima uchun markazdan hujumga o‘tmadi?
- Sababi qanotda bo‘sh joy ko‘p bo‘ladi va u yerdan hujumga o‘tish oson. Bugun qanotlarimiz yomon o‘ynadi demagan bo‘lardim. Boshqa o‘yinlarda biz markazdan hujumga o‘tamiz, ammo o‘yin o‘yinga to‘g‘ri kelmaydi.

Manba: championat.asia



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • “Metallurg” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi 06 mar, 20:15
  • Andrey Shipilov AGMK bilan durangdan so‘ng: Maydonga keragidan ko‘p qum to‘kilganini ko‘rdik 01 mar, 15:43
  • Superliga. Yagona gol "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi 18 avg, 19:45
  • Andrey Shipilov: “AGMKga qarshi o‘yinga bir hafta tayyorlandik” 18 avg, 10:14
  • No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi 03 avg, 15:50
  • "Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik 03 avg, 09:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Jalaquduqda qarzdorlik uchun to‘yxona xatlandi 01 mar, 10:50 0
  • Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi 01 mar, 10:23 0
  • Myanmadagi isyonlarda bir kunda 18 kishi o‘ldirildi 01 mar, 09:57 10
  • Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi 01 mar, 09:28 65
  • Turkiya Oyga yuborish uchun mo‘ljallangan raketa ustida ishlarni boshladi 01 mar, 09:00 73
  • Rossiyalik epidemiolog COVID-19 mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytdi 01 mar, 08:30 134
  • Chexiya prezidenti Putindan «Sputnik V» so‘radi 01 mar, 08:00 165
  • Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi 01 mar, 07:00 582
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 794
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 525
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 442
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 780
  • Bo‘limlar