“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:36
ЎЗO‘Z

Facebook Saudiya Arabistoni va BAAdan 476 ta shubhali akkauntni o‘chirib tashladi

02 avg, 09:30 2 385 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook Saudiya Arabistoni va BAAdan 476 ta shubhali akkauntni o‘chirib tashladi Facebook kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridan ortida Saudiya Arabistoni va BAA turgan 476 ta akkauntni o‘chirib tashladi.

“Biz Facebook’dan BAA va Misrdan taralgan hamda Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrikaning bir qator davlatlari, jumladan, Liviya, Sudan, Komor orollari, Qatar, Turkiya, Suriya, Livan, Iordaniya va Marokkashga qarshi qaratilgan shubhali harakatlarga jalb qilingan 259 ta akkauntni, 102 sahifani, 5 guruhni hamda Instagram’dan 17 ta akkauntni o‘chirib tashladik”, deyilgan habarda.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, bloklangan akkauntlar egalari uydirma nomlar ostida Qatar va Turkiyaning terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi, Eronning Yamandagi harakatlari, Liviyadagi ixtilof va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi muvaffaqiyatlari haqidagi materiallarni joylashtirgan va tarqatgan. Bu foydalanuvchilar ushbu materiallarni BAA manfaati yo‘lida ilgari surishga uringan.

Shu bilan birga, kompaniya ma’muriyati Facebook’dan Saudiya Arabistonidan taralgan shubhali harakatlarga aloqador 217 ta akkaunt, 144 sahifa, 5 guruh va Instagram’dan 31 akkauntni o‘chirib tashlagan. Bu akkauntlar egalari OAV bo‘linmalari ko‘rinishi ostida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhmmmad bin Salmon, uning “Nuqtai nazar-2030” dasturi va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining yutuqlari haqida maqtovli axborot tarqatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 442
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 103
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar