“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 11:20
ЎЗO‘Z

Davron Fayziyev: Raqibdan ko‘proq hujum qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradik...

31 iyul, 19:07 1 982 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davron Fayziyev: Raqibdan ko‘proq hujum qilib, alamli mag‘lubiyatga uchradik... Kecha Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Dinamo” (2:0) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Lokomotiv"dan qo‘rqib o‘ynaganimiz yo‘q. Menimcha yaratilgan vaziyatlar borasida biz raqibdan ustunroq bo‘ldik ham. Ikkinchi bo‘limning o‘zini olsak, "Lokomotiv"dan ko‘ra ko‘proq hujum qildik. Agarda biz vaziyatlarimizdan foydalanganimizda o‘yin taqdiri boshqacharoq kechardi. Ammo mag‘lubiyatni tan olish - mardlarning ishi. Har bir murabbiyning o‘yinlarda o‘ziga hos e’tirozlari bo‘ladi. 1:0 va 2:0 ning farqi yo‘q.

Yigitlarga so‘nggi daqiqalarda bosim qilishini talab qildim. Balki gol urib, hisobni tenglashtirishimiz mumkin ham edi. Yigitlar o‘tgan o‘yinga qaraganda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishdi. Agarda "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda ham shunday ishtiyoq bilan o‘ynashganida natija boshqacharoq bo‘lardi. "Bunyodkor" va "Lokomotiv" mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri. Yigitlarda hayajon bo‘lishi tabiiy. Ishlashda davom etamiz.

- Birinchi davrada jamoa "Lokomotiv"ni yutgandi. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyatning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
- "Lokomotiv" Samarqandda bundan-da yaxshiroq o‘ynagandi. Balki bugun "Loko" g‘alabaga qattiq ishonishgani sababli shunday o‘yin ko‘rsatishgandir. O‘shandagi o‘yinda esa ular menda yaxshiroq taasurotlar qoldirishgandi. Yigitlarga o‘yin Toshkentda bo‘lishi ta’sir o‘tkazgandi. Ammo hech kim xatodan kafolatlanmagan.

- “Dinamo” Superligada ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Bu futbolchilarga ta’sir o‘tkazmaydimi?
- Albatta, ta’sir qiladi. O‘yindan keyin yigitlarga shuni aytib o‘tdim. Ruhiy tushkunlikka tushish kerak emas. Bu futbol, yutgan tomonning raqibi mag‘lub bo‘ladi. Bizda shunday davrlar bo‘ldiki, qatorasiga 7-8 o‘yinda yutqazmadik. Endi biz uydagi o‘yinlarda ko‘proq ochko olishga harakat qilamiz.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Xomyakov: "Bugun Andijon viloyati hokimi bilan uchrashaman va klubdan ketaman" 15 mar, 23:50
  • Dilyaver Vaniyev: "Alamli natija..." 14 mar, 19:32
  • Dilyaver Vaniyev: "Bunyodkor" bilan tengma-teng o‘ynadik" 07 mar, 21:42
  • Andrey Fyodorov: "Muxlislar "Navbahor"ning 12-o‘yinchisi bo‘lishdi" 06 mar, 23:30
  • "Napoli" - "Barselona" o‘yini oldidan Davron Fayziyev: Shu rasmga mazza qildim 25 fev, 21:50
  • Oliy Liga–2017 taqvimi bilan tanishing 20 dek, 23:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Kubada «Kastrolar davri» intihosiga yetdi 17 apr, 10:56 0
  • 2021 yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 316 kishida kasallik tasdiqlandi 17 apr, 10:25 0
  • Shavkat Mirziyoyev mansabdorlarning ishdan olinishini ularning bilimsizligi bilan izohladi 17 apr, 10:11 0
  • AOKA «Daryo» muxbiri va IIB xodimi o‘rtasidagi voqea yuzasidan bayonot berdi 17 apr, 09:30 0
  • Iroqda ISHIDning xazinasi topildi 17 apr, 08:56 447
  • Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi 17 apr, 08:30 320
  • Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi 17 apr, 08:00 308
  • DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi 17 apr, 07:30 472
  • Xitoy yigit bilan saharlik va iftor qildim... 17 apr, 00:48 1 048
  • Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi 17 apr, 00:10 703
  • Viktor Jalilov: "Darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi" 16 apr, 23:43 653
  • Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo‘ldi" 16 apr, 23:25 665
  • Bo‘limlar