“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Tailandni zabt etgan jahon chempioni Urganchda harbiy xizmatni o‘tamoqda (video)

30 iyul, 08:30 3 097 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tailandni zabt etgan jahon chempioni Urganchda harbiy xizmatni o‘tamoqda (video) Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Urganch garnizonidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida muaytay sport turi bo‘yicha jahon chempioni Azizbek Madaminov bir oylik harbiy xizmatni o‘tamoqda. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar beradi.

Azizbek 2000 yili Urganchda tug‘ilgan. 10 yoshidan buyon akasi Fazliddin Madaminov va jahon chempioni Ilhomjon Rustamov murabbiyligida muay-tay bilan shug‘ullanib keladi.

Shu yillar davomida Azizbek ko‘plab yutuqlarga erishdi. U 2010 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi muay-tay chempionatida bronza medali bilan taqdirlandi. Bu uning ilk yutug‘i bo‘ladi. 2015 yil respublika kubogida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2018—2019 yillarda 71-75 kg vazn toifasida g‘oliblik shohsupasida birinchilikni qo‘ldan boy bermay kelmoqda. 2016 yil Azizbek hayotida zarhal harflar bilan muhrlangan voqea sodir bo‘ldi: u Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida hamma raqiblaridan ustun kelib, muvaffaqiyat qozondi va yoshlar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi.

Azizbek 2015 yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Joriy yilning iyun oyida Azizbekka muay-tay sport turi bo‘yicha sport ustasi razryadi berildi.

Armiya safida harbiy xizmatni o‘tayotgan xizmatchi A. Madaminov nafaqat xizmatdoshlariga, balki butun O‘zbekiston yoshlariga namuna bo‘lmoqda. Yosh bo‘lishiga qaramasdan u erishgan yutuqlariga havas qilsa arziydi. Batalyonda jahon chempioni ishtirokidagi mahorat darslarining uyushtirilishi esa shaxsiy tarkibning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda xizmat qilmoqda. Ertalabki badantarbiya mashqlari ham yosh muay-tay ustasi murabbiyligida o‘tkaziladi.

Umidli sportchi shu yili kollejni tamomlab, Urganch davlat universitetining jismoniy tarbiya yo‘nalishiga hujjatlarni topshirdi. Azizbekning niyati kelgusida huquqni himoya qilish organlarida yurtimizga xizmat qilishdir. Shu bilan birga u muay-tay bo‘yicha kelgusida o‘tkaziladigan jahon va qit’a musobaqalarida O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, o‘zbek sporti rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilib kelmoqda. Ayni paytda jahon chempioni Azizbek Madaminov sentyabr oyida Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadigan muay-tay bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
[media=https://youtu.be/QlxtTHFFm4Y]




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 27
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 192
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 215
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar